So’nggi yangiliklar

02:00Азизбек Эримбетов: "Кейинги баҳсда биз олдингидан-да яхшироқ ўйин кўрсата оламиз деб ўйлайман"  0 01:38Абдусамад Саидов: "Мураббийларнинг барча кўрсатмаларини бажара олганимиз учун ғалаба қозондик деб ўйлайман"  0 01:10Ислом Исмоилов: "Ирландиянинг Парагвайдан кучли томонлар бўлса борки, кучсиз томонлари йўқ"  0 00:58Роналду: "Саудиядан кўра Испанияда гол уриш осонроқ"  5 00:34U17 ЖЧ. Бельгиядан 7, Португалиядан 6 гол, Осиё термаларидан муваффақиятсизликлар  0 00:09Умар Абдулраҳмон фаолиятини якунлади  6 23:55Винисиус "Барса" билан ўйиндан сўнг Алонсодан узр сўраган  1 23:50Лео Месси: "Ҳудо менга иқтидор берган бўлса-да, мен жуда кўп нарсаларни қурбон қилдим"  3 23:23Ўзбекистон U17 Ирландияга қарши ўйин учун тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ + ВИДЕО  0 22:59"Барселона" ҳимоячисининг бурни синди  0 22:30Аморим Роналдунинг МЮ ҳақидаги гапларига жавоб қайтарди  4 22:12Аргентина ЖЧ-2026 учун либосини тақдим қилди  1 21:49"Аякс" бош мураббийини истеъфога чиқарди  7 21:21Криштиану нима сабабдан Жотанинг дафн маросимига бормаганини айтди  8 20:55"Goal" ЕЧЛ бош соврини учун асосий даъвогарлар рейтингини тузди  5

Erdo'g'an tug'ilgan viloyat sharafini himoya qiladigan Husniddin Aliqulovning yangi jamoasi haqida nimalarni bilasiz? Yangiliklar

Erdo'g'an tug'ilgan viloyat sharafini himoya qiladigan Husniddin Aliqulovning yangi jamoasi haqida nimalarni bilasiz?

Kecha o'zbekistonlik himoyachi Turkiyaning "Rizespor" klubi bilan shartnoma imzoladi.

"Rizespor" klubi (to'liq nomi "CHaykur Rizespor") Turkiyaning Rize viloyati jamoasi hisoblanadi. Ushbu mintaqa mamlakatning shimoliy-sharqiy qismida, Qora dengiz qirg'og'ida qad rostlagan. Bu nom yunonchadan olingan bo'lib, "tog' yonbag'irlari" manosini anglatadi. 2021 yilgi malumotlarga ko'ra, provinciya aholisi 119 828 kishini tashkil etadi. Turkiyaning amaldagi prezidenti Erdo'g'anning kelib chiqishi ham aynan shu hududga to'g'ri keladi.

Klub 1953 yilning 19 may kuni mamlakatda Mustaqillik urushi boshlanganligining 34 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan. Provinciya choy etishtirish dalalari bilan mashhur bo'lgani jamoa nomi va emblemasida ham aks etgan. "CHaykur" turk choy ishlab chiqarish kompaniyasi bo'lib, "choy korxonalari bosh boshqarmasi" deya talaffuz qilinadi.

"Rizespor"ning mintaqadagi raqobatchisi "Trabzonspor" klubi sanaladi. Ushbu bellashuv Qoradengiz derbisi tarzida o'tkaziladi. Ikkala klub ham geografik jihatdan bir-biriga yaqin. 

"CHaykur Rizespor" bazasining umumiy maydoni 7000 kvadrat metrni tashkil etadi. 

"Rizespor" 2009/10 yilgi mavsumdan beri uy o'yinlarini 15558 kishiga mo'ljallangan "Rize stadium"da o'tkazadi. Stadionning ochilish uchrashuvi 2009 yilning 12 avgustiga to'g'ri kelgan, o'shanda klub "Fenerbaxche"ni qabul qilgan.

"Rizespor" o'tgan mavsumni Turkiya Birinchi ligasida o'tkazdi va 2-o'rin bilan Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 

Jamoa o'tgan mavsumdan boshlab Umbro kompaniyasi liboslaridan foydalanib keladi. Ungacha 6 mavsum mobaynida Nike bilan hamkorlik qilgan.

Turk klubi yozda etti nafar futbolchini o'z safiga qo'shib oldi. SHuningdek, yana ikki nafar senegallik o'yinchining tarkibni to'ldirishi kutilmoqda. Aliqulovdan boshqa transferlar mahalliy futbolchilardan iborat. Ulardan biri — Husniddin bilan tengdosh hamda poziciyadosh bo'lgan Mustafa Sengul hisoblanadi. 

Sengul o'tgan mavsum "Somaspor" sharafini himoya qilgan. SHuningdek, Aliqulovning poziciyasida 22 yoshli jamoa sardori Emirxan Topku, 21 yoshli Anil Yashar, 33 yoshli Sinan Osmanoglu va 32 yoshli Selim Ay harakat qiladi. Ularning barchasi mahalliy o'yinchilar sanaladi.

"Rizespor" ko'pincha 4-2-3-1 taktikasida harakat qiladi. Demak, Aliqulov himoya markazidagi ikki o'rindan biriga egalik qilishi uchun besh nafar sherigi bilan raqobatlashadi. Ehtimol, murabbiy Ilxan Palut hamyurtimizdan tayanch zonasida foydalanishi ham mumkin. Ushbu poziciyada harakat qiladigan ikki nafar futbolchi tarkibda mavjud.

Turkiya Superligasi reglamentida legionerlar bilan bog'liq o'zgarishlarga muvofiq, O'zbekiston fuqarosi bo'lgan bir nafar futbolchi legioner hisoblanmasligi qayd etilgan. Bu ham Aliqulovning asosiy tarkibdan joy olish imkoniyatini oshiradi. 

Legionerlarning asosiy qismi afrikaliklar hisoblanadi: Ibrohim Olavoyin va Azubuike Okechukvu (ikkalasi ham — Nigeriya), Lebogang Firi (JAR), Jon Meri (Kamerun), Faruk Mayya (Uganda). SHuningdek, Srjan Graxovac (Bosniya va Gercigovina), Enriko Papa (Albaniya), Entoni van den Xerk (Kyurasao) kabi xorijliklar mavjud.

Turkiya Superligasining yangi mavsumi 11 avgust kuni start oladi. "Rizespor" 1-turda "Adana Demirspor" mehmoni bo'ladi. Mazkur uchrashuv 13 avgust sanasiga belgilangan.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика