So’nggi yangiliklar

10:00“Барселона“ қизиқаётган футболчи “Реал“га ўтиб кетиши мумкин  2 09:37МЮ Виктор Гёкерешни қўлдан чиқарганидан сўнг Германиядан ҳужумчи олиб келмоқчи  3 09:11Виктор Гёкереш АПЛнинг бошқа жамоаси сабабли МЮнинг таклифини қабул қилмади  7 08:44Суперлига. Бугун 12-тур якунланади  3 08:17"Бунёдкор" ва "Пахтакор" ўртасида бўлиб ўтган Тошкент дербисидан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:00Суперлига. "Қизилқум" - "Сўғдиёна" ва ОКМК – "Шўртан" ўйинларида мухлислар гол кўришмади. "Бунёдкор" ва "Пахтакор" ўйинида эса иккита гол урилди  0 07:51“Рома“ асосий ҳужумчисини сотувга қўяди  6 07:17Янги форматдаги клублар ўртасидаги ЖЧ старт олди. Илк баҳсда "Интер Майами" Миср жамосига қарши баҳс олиб борди  9 04:07Элдор Мойлиев: "Устунлик рақибда, омад эса биз томонда бўлди"  2 03:41Илёс Зейтуллаев: "Бугун "Пахтакор"дек жамоага қарши ўйнадик, Качори бир метрдан гол урганда, ҳисоб 2:0 бўларди"  4 00:09Миржалол Қосимов: "Бугунги ўйинга баҳо – 2"  5 23:20ЦСКАнинг янги бош мураббийи маълум  2 22:52Ильгиз Танташев бошчилигидаги ҳакамлар бригадаси "Боруссия" иштирокидаги ўйинни бошқаради  4 22:34Камолиддин Тожиев: "Бугун бутун мавсумга етадиган вазият яратдик, тўп дарвозага киришни истамади"  20 22:04Иммобиле А Серияга қайтадими?  2

EPLMANAGER: Siz xarid qilishingiz va sotishingiz kerak bo'lgan 5 futbolchi 2-qism Yangiliklar

EPLMANAGER: Siz xarid qilishingiz va sotishingiz kerak bo'lgan 5 futbolchi 2-qism

Bugun Angliya Premer-ligasining 8-tur uchrashuvlariga start beriladi.

EPLMANAGER foydalanuvchilari esa tarkibda kimni sotishni va qaysi futbolchini xarid qilish kerak deb boshlari qotgan. Biz bu borada fentezi-futbol jamoalari egalariga yordam berishga qaror qildik.


SOTIB YUBORING

"Stok Siti" - "Sanderlend"

Rayan SHoukross


Ayni damda ikkala jamoa ham zafar quchishni o'ylashmoqda - ular APLda g'alaba qozonmagan jamoalar hisoblanishadi.

Bu bahsda "Stok Siti" mezbonligi uchun etakchi bo'lishi mumkin, ammo ularning safida bir futbolchini tezroq sotib yuborish lozim. Rayan SHoukross uzatgan paslarning faqat 67% muvaffaqiyatli bo'lmoqda va uning hisobida 3ta sariq kartochka bor.


"Kristal Pelas" - "Vest Xem"

Mark Nobl


"Vest Xem" juda ayanchli ahvolda, ammo ular APLning joriy mavsumini yaxshi boshlagan edi.

Noblning 89% paslari o'z manziligi etib borayotgan bo'lsada, futbolchi himoyada juda yomon o'ynayapti va hujumda ham jamoaga yordam bera olmayapti.


"Bornmut" - "Xall Siti"

Abel Ernandes


Ikkala jamoa ham 3 ochko uchun maydonga tushadi va darvozalarga ko'p gol urilishi mumkin, chunki ikkala jamoa hozirgacha 10 tadan ko'p gol o'tkazishgan.

Agar siz hujumchi qidirayotgan bo'lsangiz Abel Ernandesdan ko'ra Kalum Uilsonga etibor qaratgan yaxshi, chunki Ernandes joriy mavsumda faqat bir marotaba gol urishga muvaffaq bo'lgan.


"Midlsbro" - "Uotford"

Gaston Ramires


Ramires "Midlsbro"ning Premer-ligaga chiqishida muhim rolni o'ynadi.

Ammo u joriy mavsumda Aytor Kanarka qo'l ostidagi eng yomon natija qayd etgan futbolchilardan biri hisoblanadi.


"Liverpul" - "Manchester Yunayted"

Loris Karius


"Liverpul" o'tgan mavsumda Minolening ishonchsiz o'yinidan so'ng, Kariusni xarid qilib, muammolarni hal qilishga urindi.

"Manchester Yunayted"ga qarshi bahsda gollar shousi bo'lishi mumkin va Kariusni xarid qilganlar faqat zarar qiladi.


8-turda sotib olish kerak bo'lgan futbolchilar bu erda: SOTIB OLING

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика