So’nggi yangiliklar

21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  168 21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир"  3 20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  3 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  10 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  35 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0

EPLMANAGER: Siz xarid qilishingiz va sotishingiz kerak bo'lgan 5 futbolchi 1-qism Yangiliklar

EPLMANAGER: Siz xarid qilishingiz va sotishingiz kerak bo'lgan 5 futbolchi 1-qism

Teglar :  Eplmanager
Ertaga Angliya Premer-ligasining 8-tur uchrashuvlariga start beriladi.

EPLMANAGER foydalanuvchilari esa tarkibda kimni sotishni va qaysi futbolchini xarid qilish kerak deb boshlari qotgan. Biz bu borada fentezi-futbol jamoalari egalariga yordam berishga qaror qildik.


SOTIB OLING

"CHelsi" - "Lester Siti"

Diego Kosta


"CHelsi" joriy mavsumni yaxshi boshladi deya olmaymiz. Bazi futbolchilar xatto o'tgan mavsumdagidek harakat qilishda davom etishmoqda.

Ammo Kosta deyarli bir o'zi jamoasi uchun ochko ishlashda davom etmoqda. Ispaniyalik etti o'yinda 6 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi va navbatdagi bahsda ham golli seriyasini to'xtatmasa kerak.


"Arsenal" - "Suonsi Siti"

Santi Kasorla


Ispaniyalik yarim himoyachi Premer-ligada faqat Jordan Xendersondan muvaffaqiyatli paslar soni bo'yicha ortda qolmoqda. Uning uzatmalari golli vaziyatlar keltirib chiqarishi ehtimoli katta.


"Vest Bromvich" - "Tottenxem"

Tobi Alderveyreld


SHanba kuni "Tottenxem"ni ikkinchi qavatdan "o'qqa tutishadi" va Yan Vertongen hamda Tobi Alderveyreldlar o'z jamoalariga katta yordam berishi mumkin.

Ikkinchi qavatda Tobi Solomon Rondonga imkon bermasligi mumkin, chunki joriy mavsumda Alderveyreld havodagi 13 ta kurashning 9 tasida raqibga to'pni bermagan. SHu bilan birga, himoyachi standartlarda o'zini ko'rsatishi ham mumkin.


"Manchester Siti" - "Everton"

Serxio Aguero


Aguero kamdan-kam holatlarda ketma-ket ikki uchrashuvda gol ura olmaydi. Argentinalik o'ziga kelib olish uchun "Everton"ga qarshi bahsda raqib darvozasini nishonga olishga bor kuchi bilan harakat qiladi.


"Sautgempton" - "Byornli"

Dushan Tadich


Tadich o'z terma jamoasi safida "Avstriya"ga qarshi bahsda 1ta gol urda va 2ta golli pas berdi.

"Sautgempton" pleymeykeri joriy mavsumda vaziyatlar yaratish bo'yicha Premer-liganing eng yaxshi uchinchi futbolchisi bo'lib turibdi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика