So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Eplmanager: 18-tur sharhi Yangiliklar

Eplmanager: 18-tur sharhi

Teglar :  Eplmanager
Angliya Premer-ligasida 18-tur uchrashuvlari yakunlandi va EPL Manager fentezi-futbol turnirida ham o'zgarishlar yuz berdi.

Premer-liganing 18-tur uchrashuvlarini "Uotford" - "Kristal Pelas" bahsi ochib berdi. O'yinning 26-daqiqasida hisob ochildi. Mehmonlar vakili Yoan Kabay Taunsendning uzatmasidan so'ng to'pni darvoza to'riga joyladi. 10 daqiqa o'tib "burgutlar" penalti ishlashdi. Kristian Benteke 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalana olmadi. Ikkinchi bo'limda Troy Dini penaltidan hisobni tenglashtirdi va bahs durang bilan yakunlandi.

"Suonsi" bu turda ham yirik hisobda mag'lub bo'lish ananasini davom ettirdi. Bu safar "Vest Xem" "oqqushlar" darvozasiga 4 ta gol urdi (Ayyu, Rid, Antonio, Kerroll). 89-daqiqada Lorente Dayerning uzatmasini golga aylantirdi, ammo jamoasini yirik mag'lubiyatdan qutqarib qola olmadi.

Asta-sekin o'z joyiga qaytayotgan "Manchester Yunayted" 18-turda "Old Trafford"da "Sanderlend"ni qabul qildi. Birinchi bo'lim oxirlarida Blind Ibragimovichning pasidan so'ng hisobni ochdi. Uchrashuvning ikkinchi qismida 3 ta gol kiritildi. Zlatan Ibragimovich va Genrix Mxitaryanlar o'z hisobiga bittadan gol yozdirib qo'yishdi. Bahsning so'nggi daqiqalarida Fabio Borini o'yin yirik hisobda yakunlanishiga to'sqinlik qilib, gol urdi (3:1).

"CHelsi" "Bornmut"ga qarshi bahsda g'alabaga erishib (3:0) klub tarixidagi rekordni yangiladi. Pedroning dubli va Azarning penaltidan urgan goli "aristokratlar"ga 3 ochko taqdim etdi.


Uyida har qanday raqibga muammo tug'dira oladigan "Byornli" bu safar "Turf Mur"da "Midlsbro"ni qabul qildi. Uchrashuv bosh hakami Kreyg Pouson bahs davomida 11 ta sariq kartochka ko'rsatishga ulgurdi, ammo qizil kartochkaga navbat etmadi. O'yindagi yagona gol "Byornli" hujumchisi Andre Grey tomonidan urildi. "Byornli" bu safar ham uyida ochko olishga muvaffaq bo'ldi.

"Arsenal" 18-turda "Emireyts" stadionida "Vest Bromvich" bilan kurashdi. "To'pchilar" bu bahsda 1:0 hisobada g'alabaga erishishdi. Olive Jiru ikkinchi qavatdagi to'p uchun kurashda g'olib chiqib, Ben Foster darvozasini ishg'ol qildi.

Joriy mavsumda barqaror o'yin ko'rsata olmayotgan "Lester Siti" "Everton" bilan kuch sinashdi. Kevin Miralyas va Romelu Lukakuning gollari liverpulliklarning ishonchli g'alabasini taminladi (2:0).

Mehmonda ochko ishlash bo'yicha etakchilardan bo'lgan "Manchester Siti" "Xall Siti" stadioni "KCOM" arenasida ham o'z maqsadiga etishdi. Uchrashuvdagi barcha gollar bahsning ikkinchi bo'limida urildi. Yaya Ture (pen.), Kelechi Ixeanacho va Kertis Devisning (avtogol) gollari "shaharliklar"ga yirik hisobdagi g'alabani taqdim etdi.

"Liverpul" "Enfild"da "Stok Siti"ni qabul qildi. Mehmonlar futbolchisi Jonatan Uolters 12-daqiqada gol urib qizillarni sarosimaga solib qo'ydi. 20 daqiqa o'tib Adam Lallana javob goliga mualliflik qildi. 44-daqiqada Firmino urgan gol esa mezbonlarni tanaffusga 2:1 hisobida chiqishini taminladi. "Stok Siti" futbolchisi Jilber Imbula "Liverpul"ga yordam berdi. Uning avtogolidan so'ng hisob 3:1ga o'zgardi. Deniel Starrij o'z goli bilan uchrashuvga yakun yasadi. 4:1.

"Sautgempton" - "Tottenxem" bahsida "avliyolar" himoyachisi Virjil van Deyk 2-daqiqadayoq hisobni ochdi. "SHporlar" yarim himoyachisi Dele Alli 15 daqiqa o'tib muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo'limda Garri Keyn o'z hisobiga 2 ta gol yozib qo'yishi mumkin edi, ammo u penaltini amalga oshira olmay dubldan quruq qoldi. 85 va 87-daqiqalarda Son Xyon Min hamda Dele Allining gollari bahs 1:4 hisobida yakunlanishini taminladi.

18-tur bilan Eplmanager.com da iPlay ligasi yakunlandi. Indoneziyalik "klopppppp" jamoasi egasi eng yaqin taqibchisidan 11 ochkoga ilgarilab ketdi va iPhone 7 sohibiga aylandi.


2 va 3-o'rinlarni o'zbekistonliklar egallashdi. "fuudhfvnvgjh" va "JUPITER" jamoalari egalari Playstation 4 yutib olishdi.

18-turning eng yaxshi futbolchilari:

1.Zlatan Ibrahimovic - 12 ochko

2.Dele Alli - 12

3.Joel Robles - 10


18-turda eng ko'p super-sardor sifatida tanlanganlar

Sánchez

Ibrahimovic

Hazard

Mané

Heaton

Courtois

De Gea

Özil

De Bruyne

Cahill

Kane


Eplmanager.com da yangi sovrinli liga ishga tushdi


Tezroq ro'yxatdan o'tib, qimmatbaho sovrinlar uchun kurashni boshlang: Ro'yxatdan o'tish

1.iPhone 7 Plus

2.iPhone 7 32GB

3.Oppo F1


Malumot uchun, 10ga yaqin o'zbekistonliklar Eplmanager.com saytida qimmatbaho sovg'alarni qo'lga kiritishgan. Manba

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика