So’nggi yangiliklar

10:51Поль Погба “Монако“га ўтмайди. Унинг режалари ўзгарди  1 10:23“Арсенал“ Испания терма жамоаси аъзоси билан келишувга эришди (Фабрицио Романо)  2 09:55Элдор Шомуродовга Франциядан ҳам таклиф бор  10 09:27“Манчестер Сити“ Ҳусановни Франция клубига ижарага беришни истамади  10 08:58Расман. Аббосбек Файзуллаев жамоасига янги бош мураббий тайинланди  0 08:28“Истанбул Башакшехир“ Элдорнинг трансфери учун “Рома“га қанча таклиф қилгани маълум  7 08:01Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  4 07:31Суперлига. Бугун 13-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  11 07:20Суперлига. Захирадан тушган Жокичнинг голи "Нефтчи"га уч очко тақдим этди, "Насаф" эса Қашқадарё дербисида "Машъал"ни енгди  2 01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  7 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  19 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  2 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  4 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  2 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  17

Entoni Xadson: "O'zbekistonga qarshi jiddiy tayyorlandik" Yangiliklar

Entoni Xadson: "O'zbekistonga qarshi jiddiy tayyorlandik"

O'zbekiston - Yangi Zelandiya o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Entoni Xadson va himoyachi Uinston Rid ishtirok etdi.
- Bo'lajak o'yinga etibor jiddiy. O'zbekiston terma jamoasi kuchli raqib, bu bahs biz uchun sinovga bo'ladi. Ertaga stadionga ko'plab muxlislar kelishiga umid qilaman, -deb gap boshladi Xadson.

Uinston Rid: - Murabbiyimiz aytganidek, o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Raqib tarkibida yaxshi saviyali futbolchilar mavjud. Bahs shiddatli kechadi.



- Siz Bahraynda bir necha yil ishlagansiz. O'zbekiston haqida nimalarni bilasiz?
- Bu jamoa kuchli va tajribali futbolchilarga ega. Jamoa Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri. Biz bu erga chiroyli o'yin ko'rsatib, g'alaba qozonish uchun kelganmiz.

- Ertaga mag'lubiyatga uchragan taqdirda tanqidlar ostida qolmaysizmi?
- Bu holatga biz tayyormiz. Bizni baribir tanqid qilishadi. Futbolda bu bor narsa. O'zbekiston Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Biz esa maydonga chiqib, o'z o'yinimizni namoyish etamiz.

- Jamoa Toshkentga asosiy tarkib bilan keldimi?
- Ha, 70 foiz futbolchilarimiz jamoa safida 20dan ortiq o'yinda ishtirok etishgan. Bu asosiy tarkibimiz.



Uinston Rid: - Men 2007 yildan buyon terma jamoa sharafini himoya qilaman. Asta-sekin o'sib boryapmiz. Toshkentga asosiy tarkibda tashrif buyurdik.

- Kuchli beshlik chempionatlarida o'ynaydigan futbolchilar uchun ertangi bahsga tayyorlanish ruhiy tarafdan qiyin bo'lmaydimi?
- Yo'q, bizda bu borada muammo yo'q. Futbolchilarning bari professional, ular har bir bellashuvga jiddiy hozirlik ko'rish kerakligini yaxshi anglab turishibdi.

- Nega yig'in Doxada olib borildi? Doxaning iqlimi Toshkentdan ancha farq qiladiku.
- SHunchaki u erda yig'in o'tkazishga barcha sharoitlar bor. Bundan tashqari Doxadan Toshkentga etib kelish qulay va tez edi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика