Entoni Teylor UEFA Superkubogi doirasidagi "Bavariya" - "Sevilya" o'yinini boshqaradi
15 sen 2020 14:53
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/592351_original.jpg)
![](/upload/storage/592351_220.jpg)
Entoni Teylor UEFA Superkubogi doirasidagi "Bavariya" - "Sevilya" o'yinini boshqaradi
UEFA hakamlik qo'mitasi Entoni Teylor UEFA Superkubogi doirasidagi "Bavariya" - "Sevilya" o'yinida bosh hakam bo'ladi.
O'yin 24 sentyabr kuni Budapeshtdagi "Pushkash Arena"da bo'lib o'tadi. Teylorning brigadasida Geri Busuik (Angliya) va Adam Nanni (Angliya) ham bor. Zaxira hakami - Orel Grinfeld (Isroil).
Myunxen klubi CHempionlar Ligasi finali doirasida "Pari Sen-Jermen"ni 1:0 hisobida taslim etgan. "Sevilya" esa Evropa Ligasi finalida "Inter"ni 3:2 hisobida yutgan.
UEFA Superkubogi o'yini 24 sentyarb kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar