Enrike: "Men matbuot xabarlarini o'qimayman, sababi futbolni ko'pchilikdan ko'ra yaxshiroq bilaman"
06 okt 2021 19:33
Yangiliklar
Enrike: "Men matbuot xabarlarini o'qimayman, sababi futbolni ko'pchilikdan ko'ra yaxshiroq bilaman"
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike nima uchun matbuot tanqidiga jiddiy qaramasligini tushuntirib berdi.
- Nega matbuotni o'qimaysiz?
- Men futbol haqida ko'p odamlarga qaraganda yaxshiroq bilganim uchun, jurnalistlardan ko'ra ko'proq malumotga egaman. Matbuotda meni qiziqtiradigan fikr yo'q.
- Ular tanlagan tarkibingizni tanqid qilishdi...
- Tanqidchilar uchun menda hech qanday yangilik yo'q, men ularni tinglamayman. Tarkib avvalgicha qoladi. Men terma jamoaga chaqirilgan futbolchilarga ishonaman", - dedi Enrike.
Fikrlar