Enrike: "Men matbuot xabarlarini o'qimayman, sababi futbolni ko'pchilikdan ko'ra yaxshiroq bilaman"

Aslanov Jasurbek
6 okt 2021, 19:33
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike nima uchun matbuot tanqidiga jiddiy qaramasligini tushuntirib berdi.

- Nega matbuotni o'qimaysiz?

- Men futbol haqida ko'p odamlarga qaraganda yaxshiroq bilganim uchun, jurnalistlardan ko'ra ko'proq ma'lumotga egaman. Matbuotda meni qiziqtiradigan fikr yo'q.

- Ular tanlagan tarkibingizni tanqid qilishdi...

- Tanqidchilar uchun menda hech qanday yangilik yo'q, men ularni tinglamayman. Tarkib avvalgicha qoladi. Men terma jamoaga chaqirilgan futbolchilarga ishonaman", - dedi Enrike.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca