Enrike klubda ishlamoqchi
09 dek 2022 15:16
Yangiliklar
Enrike klubda ishlamoqchi
Luis Enrike Ispaniya terma jamoasidan ketganidan so'ng klub futboliga qaytishni istamoqda. "Barsa" uning oxirgi jamoasi edi.
Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, Ispaniya terma jamoasidagi istefodan so'ng 52 yoshli mutaxassis klub futboliga qaytishga tayyor.
Enrike ishlagan oxirgi klub "Barselona" edi. U uni 2014 yildan 2017 yilgacha boshqargan. Bu vaqt ichida kataloniyaliklar CHempionlar Ligasida, ikki marta La Ligada, uch marta Ispaniya Kubogida, shuningdek, bir martadan Ispaniya Superkubogi, Evropa Superkubogi va klublar o'rtasidagi JCHda g'olib chiqdi.
Enrike "Barselona"dan oldin "Selta" va "Roma"da ishlagan.
Fikrlar