"Enisey" Terrining "Spartak"ka o'tishi borasida hazillashdi
08 sen 2018 16:15
Yangiliklar
"Enisey" Terrining "Spartak"ka o'tishi borasida hazillashdi
"Enisey" matbuot xizmati angliyalik himoyachi Jon Terrining "Spartak"ka o'tishi borasida hazil qildi.
Krasnoyarliklar "Tvitteri" 37 yoshli futbolchiga murojaat qildi. Unda Terri o'ynagan jamoalarning barchasida sher ramzi bo'lgani aytilgan: Angliya terma jamoasi, "CHelsi" va "Aston Villa". "Enisey" ro'yxat oxirida "Spartak"da sher ramzi yo'qligi, Krasnoyar klubinikida esa bu borligini eslatib o'tgan.
Aytgancha, "Paxtakor"ning ramzi ham sher!
Fikrlar