"Enisey" Terrining "Spartak"ka o'tishi borasida hazillashdi

Aslanov Jasurbek
8 sen 2018
"Enisey" matbuot xizmati angliyalik himoyachi Jon Terrining "Spartak"ka o'tishi borasida hazil qildi.

Krasnoyarliklar "Tvitteri" 37 yoshli futbolchiga murojaat qildi. Unda Terri o'ynagan jamoalarning barchasida sher ramzi bo'lgani aytilgan: Angliya terma jamoasi, "Chelsi" va "Aston Villa". "Enisey" ro'yxat oxirida "Spartak"da sher ramzi yo'qligi, Krasnoyar klubinikida esa bu borligini eslatib o'tgan.

Aytgancha, "Paxtakor"ning ramzi ham sher!


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/FCEnisey