So’nggi yangiliklar

00:37Спорт директор Берта "Атлетико"дан кетди. Итальян 2013 йилдан бери клубда ишлаётганди  0 23:54"Рома" — "Лацио". Таркиблар маълум  9 23:35Дембеленинг 90+2 дақиқада урган голи ПСЖга "Монако" устидан ғалабани таъминлаб, Франция Суперкубогини тақдим этди  0 23:26АПЛ. "Ливерпуль" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  91 22:58"Насаф" Анталиядаги йиғинда кимлар билан ўйнайди?  0 22:24Тони Кроос: "Флориан Вирц "Реал" учун ажойиб харид бўлиши мумкин"  1 21:55Де Брюйне "Сити" билан шартномани узайтириш ҳақидаги саволга: "Менга барибир. Шунчаки ўзимнинг даражамга қайтишга уриняпман"  1 21:08"Ланс" бош директори: "Ҳусанов клубдан кетади"  16 20:59Лига 1. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Тулуза"га мағлуб бўлди  9 20:01Ўтган мавсумни "Бунёдкор"да ўтказган легионер "Локомотив"га ўтди  0 19:35"Милан" Ольмо билан ярим йилга шартнома имзолаши мумкин. Битимда июлда "Барса"га қайтиш борасида банд бўлади  3 19:03"Локомотив" "Металлург" собиқ ўйинчисини ўз сафига қўшиб олди  1 18:32Анчелотти қандай ҳолатда "Реал"дан кетади?  12 17:46Фабрицио Романо Абдуқодир Ҳусановнинг трансфери борасида янги маълумот эълон қилди  35 17:32"Ливерпуль" ва МЮ ўртасидаги ўйин кучли қорга қарамай ўтказилади  7

Engilmaslik zavqi Yangiliklar

Engilmaslik zavqi

FootballHD.ru Londonning Arsenal klubi qayd etgan natijani (to'pchilar APLning bir mavsumini umuman mag'lubiyatsiz yakunlashgan) takrorlash imkoniyatini saqlab turgan klublar haqida so'z yuritadi.

TOTTENXEM

Mamlakati:
Angliya

O'rin: 5

Natijalari: 5-6-0

To'plar nisbati: 15-6

Ha, Arsenalning qo'shnisi hozircha APLda yutqazmagan jamoa sifatida tilga olinmoqda. Darvoqe, aynan SHimoliy London derbisida shporlar ilk marta ochkosiz qolishlari mumkin edi, biroq Xarri Keyn penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Maurisio Pochettino to'psiz yaxshi harakatlanadigan, aqlli qarorlar chiqarishga moyil ajoyib jamoa shakllantirdi. Agar duranglar ko'payib ketmaganida, Uayt Xart Leyn egalari top-4ga kirishlari aniq edi. Umuman, hozir hech narsa yo'qotilgani yo'q: ligadagi eng yaxshi mudofaa chizig'iga ega Tottenxemni CHempionlar Ligasi yo'llanmasini taqdim etadigan o'rindan bor-yo'g'i uch ochko ajratib turibdi. Imkoniyatlar etarli, biroq APLning engilmas klubi nomini saqlab qolish deyarli imkonsiz. SHunchaki, shporlarning ayni damdagi ko'rsatkichlaridan quvonib turamiz.

REAL MADRID

Mamlakati:
Ispaniya

O'rin: 1

Natijalari: 8-3-0

To'plar nisbati: 31-10

qirollik klubi bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning bugungi kunda kuchli bosim va tanqidlar iskanjasida qolayotgani ajablanarli. Binobarin, Real yutqazmaslikdan tashqari, primerada peshqadamlik qilishni ham uddalamoqda. Santyago Bernabeu uchun bu odatiy hol. Gap shundaki, madridliklar qatorasiga uchta turda ochko yo'qotishdi: Vilyarreal, Las-Palmas va Eybarni mag'lubiyatga uchrata olishmadi. Ushbu jamoalarga hurmatni saqlagan holda takidlash joizki, ular baribir, Barsa, hattoki, Atletiko darajasida ham emaslar. Agar Ronaldu va uning sheriklari mazkur o'yinlarni yanada muvaffaqiyatliroq o'tkazishganida nima bo'lardi? Mayli, mavzudan chetlashmaylik. Real chempionatni shu zayl yakunlashni uddalay olmasa kerak, ilk Madrid derbisi yoki el klasiko La-ligadagi dastlabki mag'lubiyatga etaklashi ehtimoldan xoli emas. qolaversa, Zidan boshqaruvidagi jamoa u qadar mustahkam ko'rinmayapti, shunga qaramay, franciyalik mutaxassis shogirdlari bilan ajoyib natijalarga erishmoqda.

BAVARIYA

Mamlakati
: Germaniya

O'rin: 1

Natijalari: 7-3-0

To'plar nisbati: 24-6

Ushbu ro'yxat sardorligini bemalol Bavariyaga topshirish mumkin. Tan olaylik, bugungi maqolada myunxenliklarga to'xtalishimiz hech kimni ajablantirmaydi. Germaniya chempionatida ilk mag'lubiyatni qabul qilib olish haqiqatga yaqin, zero terma jamoalar o'yinlari tufayli yuzaga kelgan tanaffus yakunlanishi hamono Bavariya Dortmundga yo'l oladi. U erda esa har narsa ro'y berishi mumkin. Biroq shunisi aniqki, Myunxen jamoasi Gvardiola ketganidan ke­yin ham ochkolar ishlash bo'yicha etakchilar qatorida bormoqda. Jamoa taqvimning engil qismidan o'tib oldi, Yangi yilgacha esa Borussiya D., Bayer, RB Leypcig hamda Volfsburgga qarshi to'p surishga to'g'ri keladi.

RED BULL LEYPCIG

Mamlakati
: Germaniya

O'rin: 2

Natijalar: 7-3-0

To'plar nisbati: 20-7

Ha-ha, bundesliga debyutanti to'plagan ochkolar peshqadamniki bilan bir xil, ular faqatgina to'plar nisbati hisobiga Bavariyadan ortda borishmoqda. Leypcig klubi butun Germaniyani shok holatiga solgan bo'lsa, neytral muxlislarni quvontirmoqda. Bu yangi Lestermi? Agar mavsum yakunida CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritadigan jamoaga shunday nom berilsa, Red Bull ushbu yo'lda barcha imkoniyatlarni saqlab turibdi. CHempionlik, o'z navbatida, mag'lubiyatsiz yakun haqida gapirishga erta. Ammo tan olish kerak, barcha o'yinlarda ochko olishlari leypcigliklarni yanada ruhlantirmoqda. Asosiysi, ilk muvaffaqiyatsizlik taqdir charxpalagini teskari aylantirib yubormasa bo'lgani.

XOFFENXAYM

Mamlakati
: Germaniya

O'rin: 3

Natijalar: 5-5-0

To'plar nisbati: 18-11

Yana Germaniya! Nima ham derdik? Bundesliga muxlislarini ajablantirayotgan klublar orasida Xoffenxaym ham bor. Yosh Yulian Nagelsmann vaziyatga moslashib, jamoasining o'yin va uning atrofidagi barcha jarayonlarini o'nglashga erishdi. So'nggi turda ular Bavariya bilan durang o'ynashdi, bunga qadar qatorasiga beshta bahsda g'alaba qozonishdi. Darvoqe, ushbu jamoa RB Leypcig bilan o'yin o'tkazishga ulgurdi. Oldinda yana kuchli jamoalar kutib turgan bo'lishsada, Xoffenxaymning yilni mag'lubiyatsiz yakunlash borasidagi imkoniyatlarini yuqori baholagimiz kelyapti. Buni muallifning injiqligiga yo'yishingiz mumkin.

Turkiyada kutilmagan burilish

Beshiktoshning mag'lubiyatlarsiz yuqori o'rinlarda borayotganiga odatiy hol sifatida qarasa bo'ladi. 7ta g'alaba va 3ta durang - ajoyib natija. Xuddi Bavariyaning holati takrorlanayotgandek, faqat ushbu ko'rsatkich birinchi o'rinni taqdim etmaydi. Unda qaysi jamoa peshqadam? Galatasaroy uchinchi pog'onada, Fenerbaxche esa beshinchi bo'lib turibdi. Etakchilik Beshiktoshdan bitta ko'p g'alabaga erishgan Istanbulga tegishli. O'tgan yili o'zining 25 yilligini nishonlagan klub safida jahon darajasidagi yulduzlar yo'q, agar Aleksandr Epuryanu bu takidga qarshi chiqmasa, albatta. Xullas, Turkiyada sensaciya isi kelmoqda.

 Benfika va SHaxtyor chempionlikka davogar

Portugaliya va Ukrainada chempionlik masalasi ikki, nari borsa, uchta jamoa o'rtasida hal etilishi odat tusini olgan. Bu mamlakatlar birinchiliklarida etakchilar dastlabki turlardan boshlab asosiy raqobatchilarini ortda qoldira boshlashadi va mavsum yakunigacha shu maromda davom etishadi. Ayni damda ushbu chempionatlarda mag'lubiyatga uchramayotgan jamoalar boshqa raqiblaridan ajralib turishibdi. SHaxtyor Kievning Dinamosi hamda Zaryadan sakkiz ochkoga o'zib ketdi, Benfika esa Sporting va Portuni besh ochkoga ortda qoldirmoqda. Xulosa yasashga erta, biroq chempionlikka asosiy davogarlar o'zlarini ko'rsatishmoqda.

Qolgan chempionatlarda-chi?


Joriy mavsumni mag'lubiyatsiz o'tkazayotganlar orasida shuningdek, SHveycariyaning Bazel, SHotlandiyaning Seltik, Xorvatiyaning Rieka, Makedoniyaning Vardar, Bolgariyaning Levski (ushbu jamoa ham xuddi Istanbul singari peshqadam emas), Daniyaning Kopengagen, Gruziyaning Samtredia, Albaniyaning Kukesi, Ozarbayjonning Gabala klublari ham bor. Janubiy Amerikada shunday ko'rsatkichga ega jamoalar sifatida Estudiantes (Argentina), Melgar (Peru) hamda Plasa Amador (Panama) klublari qayd etilganlar.

Bu borada Uels chempionati karvonboshiligini saqlab turgan Nyu Seyntsning natijalari maqtovga sazovor. qizig'i, ushbu jamoa mavsumni nafaqat mag'lubiyatsiz davom ettiryapti, balki g'alaba qozonish borasida ham 100 foizlik ko'rsatkichga ega. SHunga o'xshash holatni, hattoki, Makao va Filippin singari ekzotik davlatlar birinchiliklarida ham uchratmadik. Bu haqda keyinroq so'z yuritamiz.

Mitti davlatlarda esa qiziq vaziyat hukmron. Xususan, Andorrada ikkita klub - San-Xulia va UE Santa-Koloma hali maydonni ochkosiz tark etishmagan. Lyuksemburgda bunday jamoalar soni uchta - Dyudelanj, Fola Esh va bu klublardan qolishishni istamayotgan Differdanj.

Osiyoning ayrim mamlakatlarida bir etakchi va unga ochko ulashadigan boshqa jamoalar ishtirokida chempionat o'tkaziladigandek. Xususan, Malayziyaning Johori shunday fikr yuritishga undaydi: ushbu klub 22ta o'yinli birinchilikni mag'lubiyatsiz yakunlab, eng yaqin taqibchisini 15 ochkoga ortda qoldirdi. Makaoning Benfikasi esa o'zining portugaliyalik nomdoshi ortidan borib, yanada yorqin ko'rsatkich qayd etdi: 18ta bahsda faqat bir marta durang o'ynashdi, qolgani g'alaba, to'plar nisbati - 78-4.

Yana bir qiziq holat Misrda kuzatildi: ushbu mamlakat chempionatida naq to'rtta (!) jamoa 8 turdan so'ng mag'lubiyatsiz odimlashmoqda. Ushbu engilmaslar kompaniyasidan Afrikaning eng yaxshi klublaridan biri, qora qita CHempionlar Ligasi finaligacha borib, JARning Mamelodi Sandaunsiga yutqazgan Zamalek ham bor. Gap shundaki, Zamalek atigi to'rtta uchrashuv o'tkazib, qolganlarini keyinroqqa surgan. Mualliflik maylini ushbu jamoaga taqdim etishimiz mumkin edi, biroq sayyoramizdagi engilmaslar ro'yxatida yanada salmoqliroq natijaga ega jamoa topildi: Traktor Sozi (Eron). Bunga alohida, ajralib turuvchi nom sabab bo'lgandir, balki.

O'tkirbek UMAROV tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика