So’nggi yangiliklar

00:35Жюль Кунде терма жамоа йиғинларидаги образи бўйича бирдирилган танқидларга жавоб берди  0 23:55Иньеста "Барса" ва "Реал" рақобати чўққига чиққан пайтда Испания термасидаги муҳит ҳақида гапирди  0 23:26Эрлинг Холанд Габриэлнинг бошига тўп улоқтирганидан афсусланмаслигини айтди  0 22:38Эрон терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан ўтказган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  8 22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  3 21:38Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" машғулот базасида баланд девор қурдирди. У машғулотларини бегона кўзлардан беркитмоқчи  9 21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  4 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  13 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  5 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  6 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  1 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  1 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  25 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   9 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  6

Eng yaxshi markaziy yarim himoyachilardan biri Andrea Pirlo 42 yoshda! Yangiliklar

Eng yaxshi markaziy yarim himoyachilardan biri Andrea Pirlo 42 yoshda!

Italiyalik yarim himoyachi Pirlo hayoti va faoliyatiga oid malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.

Tarjimai hol
Futbol dunyosi Andrea Pirloni to'pga mohirona egalik qiladigan, raqibini tezkorlik bilan aldab o'tadigan, Italiyada jarima to'pini hammadan ham yaxshiroq tepa oladigan buyuk markaziy yarim himoyachi sifatida taniydi. U professional faoliyatini 16 yoshida boshlagan, jismoniy formasi eng yuqori cho'qqiga chiqqan payt — 2018 yilda esa faoliyatini tamomlagan. Bugungi kunda Pirlo murabbiylik licenziyasini olish uchun tayyorlanmoqda.


Bolaligi va yoshligi
Andrea Pirlo 1979 yilning 19 may kuni Breshia viloyatining Flero kommunasida dunyoga kelgan. Otasi Luijji ikkita metallurgiya zavodining xo'jayini bo'lgan, onasi Lidiya esa Breshia sobiq merining jiyani edi. Pirlo oilada o'rtancha farzand bo'lgan, akasi Ivan va singlisi Silviya bor.

Futbol Pirloning hayotiga juda erta kirib keldi. Uning oilasi "Inter"ga muxlislik qilardi va birorta o'yinni ham o'tkazib yubormasdi. Ajoyib o'yinlar guvohi bo'lgan aka-uka kun botguncha hovliga chiqib to'p tepardi. Andreaning sportga bo'lgan qiziqishini sezgan ota 1985 yilda o'g'lini mahalliy klub "Flero"ga beradi. Oradan 3 yil o'tib bolakayni "Voluntas" klubiga taklif qilishadi. 1992 yilda esa u "Breshia" akademiyasi tomon yo'l oladi — Pirloning klubdagi faoliyati shu tariqa boshlanadi.


SHaxsiy hayoti
Pirlo sobiq ayoli Debora Roversi bilan yoshligidan tanish bo'lgan, 2001 yilda esa turmush qurishgan. Oradan ikki yil o'tib, ularning o'g'li tug'ildi — Nikkolo (2003), 2006 yilda qiz farzand — Anjela dunyoga keldi. Biroq 2014 yil Pirlo xotini bilan ajrashdi. Bunga sabab Valentina Baldini bo'ldi (ko'chmas mulk sotish bo'yicha agent). 2017 yil 7 iyul kuni ularning egizak o'g'il farzandlari tug'ildi — Leonardo va Tommazo.

Etiborlisi, Pirlo ikki oilasini birlashtirishga muvaffaq bo'ldi. U Instagramdagi shaxsiy sahifasida doim egizaklari hamda Nikkolo va Anjela bilan birga tushgan suratlarini qo'yib boradi.


Futbol
1995 yili 16 yoshli Pirlo A Seriya (Italiya chempionatining oliy divizioni)da debyut qildi va "Breshia"ning eng yosh o'yinchisi bo'ldi. Futbolchi birinchi golini 1997 yilning 19 oktyabrida urishga muvaffaq bo'ldi. "Inter" bosh murabbiyi Mircha Lucheskuning etibori Pirloga tushdi va shartnoma imzolashni taklif qildi. Jamoa A Seriya turnir jadvalida 8-o'rindan yuqoriroqqa ko'tarilishida yosh o'yinchining yordami tegmadi va jazo sifatida uni 1998/1999 yilgi mavsumda "Rejina"ga ijaraga berib yuborishdi.

Pirlo "Rejina"da ajoyib 30ta o'yin o'tkazdi va 6ta gol urishga erishdi. Ammo bu ko'rsatkich "Inter" boshlang'ich tarkibiga kirish uchun etarli bo'lmadi. Milan klubining 8ta bahsida maydonga tushgan futbolchini yana ijaraga berib yuborishdi. Bu safar jonajon "Breshia"siga.

"Inter"da o'tgan mavsumlar Pirloga faoliyat zaxira o'rindig'ida jimgina o'tib ketishi mumkinligini ko'rsatib berdi. SHundan so'ng u "Milan"ga o'tishga qaror qildi. 2000–2001 yilgi transfer oynasining so'nggi kunida uni 17 mln evro evaziga sotib olishdi. Karlo Anchelotti boshqaruvidagi "Milan" jamoasi futbolchi faoliyatida muhim rol o'ynadi. Pirlo aynan shu murabbiy tufayli jahon darajasidagi buyuk o'yinchilardan biriga aylandi.

Pirlo 2001 yilning 20 sentyabrida "Milan" safida debyut qildi. Ilk mavsumdayoq jamoa CHempionlar Ligasida kuchli to'rtlikka kirishda va eng muhimi UEFA Kubogi yarim finaliga chiqishida Andrea Pirlo sezilarli darajada yordam berdi. Pirlo faoliyatidagi eng omadsiz yil — 2004/2005 yilgi mavsum bo'ldi. "Milan" CHempionlar Ligasi turnirida finalga chiqdi va "Yuventus" bilan to'qnash keldi. SHiddatli bahs 3:3 hisob bilan yakunlandi va penaltilar seriyasida Pirlo gol urolmadi. Futbolchi shu voqeani faoliyatidagi eng yomon mavsum deb atadi.

"Men faoliyatimni tugatish haqida o'ylay boshladim. CHunki 2005 yilgi CHempionlar Ligasidan so'ng hamma narsa o'z manosini yo'qotgandek edi, go'yo. Men endi o'zimni yaxshi o'yinchi deb hisoblamay qo'ydim, biroq bundan ham yomoni — o'zimni haqiqiy erkak deb hisoblamadim", — deb yozadi Pirlo "Men o'ylayman, chunki o'ynayman" nomli avtobiografiyasida.

"Milan" kelasi mavsum ham A Seriya turnirida "Yuventus"dan keyingi ikkinchi o'rinni egalladi va CHempionlar Ligasi yarim finaligacha chiqa oldi xolos ("Barselona"ga imkoniyatni boy berdi). Oyning o'n beshi qorong'u, o'n beshi yorug' deganlaridek, klubning ishlari 2006 yildan yaxshilana boshladi. Pirlo "Milan"da 10 mavsum o'ynadi va 401 bahsda 41ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Lekin o'sha o'n yillikdagi eng asosiy yutuq — Italiya terma jamoasida o'ynash bo'ldi: 2006 yili futbolchi terma safida Jahon chempioni bo'ldi.

Pirlo muvaffaqiyatga erishishida uning jismoniy formasi ham katta yordam berdi — bo'yi 177 sm, og'irligi esa 68 kg edi. U maydonda tezkorlik bilan harakat qila olar, raqiblari yonida ehtiyotkorlik bilan o'ynar va uddaburonligi tufayli to'pni ularlan olib qo'yardi. 2011 yilda Pirlo "Yuventus"ga o'tadi. Janluijji Buffon bu transferni quyidagicha izohlagan: "Andrea menga bizning jamoaga o'tishini aytganida hayolimga kelgan birinchi fikr shunday bo'lgan: "Xudo bor. Axir bu asr shartnomasi!"

Pirlo Turin klubi safida 4 yil to'p tepdi. Jamoa har yili Italiya chempioni bo'ldi, ikki marta milliy Superkubokga ega chiqdi, bir marta Italiya Kubogini qo'lga kiritdi. Eng oxirgi mukofot eng muhimi edi: "Yuventus" Kubokga ega chiqish uchun 20 yildan buyon harakat qilayotgandi.

Pirlo faoliyatini top klubda ham, "Milan"da ham emas, balki hayoti mazmuniga aylanib ulgurgan "Nyu-York Siti" jamoasida tamomlashga qaror qildi. Futbolchi xayrlashuv o'yinini 2018 yil 21 may kuni o'tkazdi.


Yutuqlari

"Milan" safida:
2002/03 — Italiya Kubogi sohibi
2002/03, 2006/07 — UEFA CHempionlar Ligasi g'olibi
2003, 2007 — UEFA Superkubogi g'olibi
2003/04, 2010/11 — Italiya chempioni
2004 — Italiya Superkubogi sohibi
2007 — Klublar o'rtasidagi Jahon CHempionati g'olibi
"Yuventus" safida:
2011/12, 2012/13, 2013/14, 2014/15 — Italiya chempioni
2012, 2013 — Italiya Superkubogi sohibi
2014/15 — Italiya Kubogi sohibi
Italiya termasi safida:
2006 — Jahon chempioni
2012 — Evropa vice-chempioni
SHaxsiy:
2012, 2013, 2014 — "Italiyada yil futbolchisi" mukofoti sohibi
2011/12, 2012/13 — "Yilning eng yaxshi italyan futbolchisi" mukofoti sovrindori
2013 — Gaetano SHirea nomidagi namunali faoliyati uchun milliy mukofot laureati


Andrea Pirlo hozir

Pirlo hozircha "Yuventus" ustozi, lekin katta ehtimol bilan mavsum yakunida Andrea lavozimidan ozod etiladi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика