Eng yaxshi futbol akademiyasi
15 fev 2014 15:29
Yangiliklar

Eng yaxshi futbol akademiyasi
Sarlavhada qaysi futbol akademiyasi haqida gap borayotganini ko'pchilik tushunmagan bo'lishi mumkin.
SHu sababli ushbu maqolada Xitoyning Guanchjou shahrida tashkil etilgan akademiya to'g'risida to'xtalishimizni eslatib o'tmoqchimiz. SHunchaki xitoyliklar qanday qilib eng yaxshi sharoitlarga ega bo'lgan akademiyani tuzishgani, murabbiylarni ishga taklif qilishgani hamda boshqa holatlar haqida hikoya qilmoqchimiz.
“Guanchjou Evergrand” futbol klubi nafaqat asosiy tarkib, balki akademiyani rivojlantirishga ham katta etibor qaratmoqda. SHu maqsadda jahondagi eng yirik futbol akademiyasi 2012 yili tashkil qilindi. Bu akademiya faqat klub emas, balki butun Xitoy yoshlar futbolini rivojlantirish uchun bunyod etilgan. Guandon provinciyasida qurilgan akademiyada ayni paytda 2300 nafar o'quvchilar tahsil olishadi. “Evergrand” xalqaro futbol maktabi” uchun qurilgan bino ko'proq qadimiy ertaklardagi qasrlarni yodga solib yuboradi. Guanchjou markazidan 75 kilometr uzoq masofada barpo qilingan akademiyada 50ta futbol maydoni mavjud. Turli binolar soni esa 30dan ortiq. O'qish, yotish, ovqatlanish, murabbiylar va boshqalar uchun alohida binolar qurib bitirilgan. Jahonda bunday hajmga ega bo'lgan boshqa akademiya yo'q! Katta stadioni, kino tomosha qilish zali, ochiq va yopiq basseyn, tennis kortlari, olti oshxona, trenajyor zali, kutubxona, kompyuter xonalari “Evergrand” akademiyasi eng yaxshi sharoitlarga egaligini ham bildiradi.
Xitoy oxirgi yillarda jahon sportida gegemonga aylanib oldi. Yozgi Olimpiada o'yinlarida ushbu mamlakat sportchilari umumjamoa hisobida peshqadamlik qilishmoqda. Jahon chempionatlarida xitoyliklar bazi sport turlari bo'yicha barcha medallarni o'zlariniki qilib olishyapti. Lekin futbolda katta g'alabalarga erishishni uddalaganlari yo'q. “Guanchjou Evergrand” OCHLda zafar quchdi, biroq klub erishgan muvaffaqiyat terma jamoalarnikiga bas kela olmaydi. Xitoyliklar terma jamoani Olimpiada va jahon chempionati final bosqichida ko'rishni istashmoqda. SHu maqsadda boshqa davlatlardan ish o'rganib, malaka oshirib kelishni yo'lga qo'yishgan. Birinchi navbatda bolalar futboliga etibor qaratish lozimligini yaxshi tushunib turishibdi. SHu maqsadda ular uchun eng yaxshi sharoitlarni muhayyo etishga urinishyapti.
“Evergrand” akademiyasida 2200 nafar o'g'il va 100 nafar qiz bola har dushanba kuni ertalab haftalik o'qish jarayonini boshlashadi. Ularga 22 nafar ispaniyalik, shuningdek, Argentina va Portugaliyadan kelgan murabbiylar futbol mahoratini o'stirish borasida dars berishadi. Murabbiylar dasturlari “Real Madrid” bilan birgalikda tuzib chiqilgan. Har bir mutaxassis xitoylik yosh iqtidor egalariga o'sishga yordam berishga harakat qilishadi. Akademiyaga tanlov esa butun mamlakat bo'ylab amalga oshiriladi. Murabbiylarning takidlashicha, xitoylik futbolchilardagi eng salbiy jihat to'pni uzatish, zarba berish yoki yugurish kabi holatlarda noto'g'ri qaror qabul qilishdir. Yani, futbolchilarning o'yinni fikrlash darajasi yaxshi emas. Xorijlik mutaxassislar yosh o'yinchilarga shu xatolarni tuzatish ustida yordam berishdan tashqari mahalliy murabbiylarning saviyasini ham oshirib borishadi. Xitoylik mutaxassislar bungacha futbolchilar bilan deyarli harbiylar singari muloqotda bo'lishgan. Birinchi navbatda aynan shu holatga barham berildi. 8 nafar shunday tarzda ish olib borgan mahalliy mutaxassislar ishdan bo'shatildi. SHundan keyingina xitoyliklar zamonaviy bilimlarni o'zlashtirishni va futbolchilar bilan muomala qilish madaniyatini o'zlashtirishga kirishishdi. Uzoq yillardan buyon o'zgarmay qolib ketgan ish yuritish uslubi asta-sekinlik zamonaviy holatga moslashtirib bormoqda. Yoshlikdanoq bolalardan natija talab qilish yo'q qilindi. Endi murabbiylar bolalarning texnik qobiliyatlarini shakllantirish, maydondagi fikrlash darajasini o'stirish borasida ish olib borishyapti. Yani, yoshlikda futboldan shunchaki zavq olib o'ynashni o'rgatish lozim. Futboldan tashqari “Evergrand” akademiyasida bolalarning maktab dasturi bo'yicha tahsil olishlariga katta etibor beriladi. Ular haftasiga to'rt marta 90 daqiqalik futbol mashg'ulotlariga egalar. Qolgan paytlarda ularning aqliy salohiyatini o'stirish ustida ish olib boriladi. Yaponiya va Germaniyada futbolchilarni tayyorlashda shunday uslubdan foydalanishlari ananaga aylangan. Yosh o'yinchilarning moliyaviy taminoti haqida ham o'ylab chiqilgan. Ularga yiliga 6000 ming AQSH dollariga teng miqdorda pul to'lanadi. Aniqrog'i, futbolchilarning oilasiga. Moddiy taminoti joyida bo'lmagan o'yinchilar oilasi haqida qayg'urmasligi uchun shunday yo'l tutiladi. Otasiz o'sayotgan futbolchilar uchun yana xayriya fondi tashkil etilgan. Akademiyada tahsil olayotganlar oila azolarini faqat tatil paytida borib ko'rishadi.
Xitoyda sportchilarning faqat atletik qobiliyatlariga etibor qaratish ommaviy tus olgandi. Biroq futbolda bu foyda keltirmasligini ular o'tgan yillar davomida anglab etishdi. Endi xitoyliklar bolalar futbolidan boshlab ishlash tizimini o'zgartirib, muvaffaqiyatlarga poydevor qo'yish istagida. Bu harakatga keng miqyosda yo'l ochilgan. Hali butun mamlakatdagi eng iqtidorli o'yinchilarni ko'proq tanlab olishga imkoniyat beradigan boshqa akademiyalarni tashkil etish taklifi ko'rib chiqilmoqda. Unda 10000 nafar futbolchiga tahsil berish mumkin bo'ladi. Yaqin yillar ichida “Evergrand” akademiyasi bitiruvchilari klublar va milliy terma jamoalar miqyosida o'zlarini ko'rsatishlariga u erda faoliyat yuritayotgan murabbiylarning ishonchi komil.
Ushbu akademiya haqida yozishimizdan maqsad shuki, birinchidan, bolalar futboliga ayni paytda ko'plab davlatlarda katta etibor qaratilyapti. Ularni yaxshi tarbiyalamasdan turib, yaxshi natijaga erishib bo'lmasligini barcha tushunib etgan. SHaroitlarni qulay holatga keltirish bilan faqat biz band bo'lmayapmiz. Qolaversa, futbolchilar va murabbiylar dunyoqarashi, bilimi va saviyasi o'sib borishini istab, ularga bir necha yil vaqt berish zarurligini barcha anglamoqda. Oxirgi yillarda yurtimizda bolalar futboliga yaxshi sharoitlar yaratib berilyapti. Stadion va maydonlar foydalanishga topshirildi. Endi shunga yarasha murabbiylar ko'proq ishlashi talab etiladi. Viloyatlarda ham haqiqiy akademiya muhitini hosil qilish kerak. SHu sababli iqtidorlarning aksariyati hozir poytaxtdagi akademiyalarda tahsil olmoqda. Undan tashqari yana iqtidorlar ko'plab topiladi. Ularni topib, to'g'ri yo'nalish berib tarbiyalay olish ayni paytdagi asosiy vazifadir.
Behzod NAZAROV.

Fikrlar