"Eng tez liga". PES 2020'dagi SHomurodov musobaqadagi ilk golini urdi va Eldorni mag'lubiyatdan qutqardi
01 apr 2020 20:30
Yangiliklar


"Eng tez liga". PES 2020'dagi SHomurodov musobaqadagi ilk golini urdi va Eldorni mag'lubiyatdan qutqardi
Sports.ru "Eng tez liga" orqali Rossiya futbolini qaytarmoqda.
RPL klublaridagi futbolchilar qo'llariga joystiklarni olgan holda to'xtab qolgan 23-turdan mavsumni PES (Pro Evolution Soccer)da davom ettirishmoqda.
"Rostov" sharafini himoya qilayotgan Eldor SHomurodov navbatdagi bahsini "Arsenal Tula"ning sobiq azosi Maksim Danilinga qarshi o'tkazdi. O'yinda hisobni Eldorning raqibi ochdi. Keyin esa uning o'zi hisobni tenglashtirdi. Bu PES 2020'dagi SHomurodovning musobaqadagi ilk aniq zarbasi bo'ldi. Uchrashuvda boshqa hisob o'zgarmagan.
P.S. Eldor avvalgi ikki o'yinda (4:0, 1:0) to'p kirita olmadi, ilk turda esa "Sochi"ga (1:1) Roman Eremenko bilan gol urgandi.
Rostov (SHomurodov) – Arsenal (Danilin) 1:1
20.00, «PES 2020»
Gol: Kangva, SHomurodov
O’xshash yangiliklar

Fikrlar