So’nggi yangiliklar

01:57Ла Лига. Арда Гюлер "Реал"га ғалаба тақдим қилди!  55 01:40Меҳди Тареми Италия чемпиони сафига қўшилади! (Фабрицио Романо)  1 01:24Арда Гюлер ажойиб натижа қайд этмоқда  0 01:12"Арне Слот – "Ливерпул"нинг янги бош мураббийи!" – Фабрицио Романо  9 00:55Жасур Жалолиддинов: "Бу жамоа билан анча олдин бошланган ўзаро ҳисоб-китобимиз бор эди"  8 00:45U-23 Осиё кубоги. Ироқ минимал ҳисобда Вьетнамни енгди ва ярим финалга йўл олди. Кейинги рақиб – Япония  20 00:40U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0  4 00:25Хосе Венансио Лопес Эронга қарши учрашувдан кейин қандай фикрлар билдирди?  8 23:46"Персеполис" Ўрунов гол урган ўйинда пенальтилар сериясида мағлубиятга учраб, Эрон кубогини тарк этди  4 23:20Саудия чемпионати. "Ал Ҳилол" - "Ал Фатех" 3:1   1 23:15Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  0 23:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  0 22:58Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистони устидан қозонилган ғалабадан сўнг (2:0) нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  42 22:11Ўзбекистон футзал термаси Осиё кубоги бронза медали учун Тожикистонга қарши ўйнайди (турнир сеткаси)  6 21:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон финал остонасида Эронга пенальтилар сериясида мағлуб бўлди  95

Eng tarbiyali prezident Yangiliklar

Eng tarbiyali prezident

Massimo Morattiga tarif berish uchun birgina so'z kifoya - "tarbiyali".

Bu so'z prezident o'z kabinetiga kirishdan oldin eshikni taqillatganida, birinchi bo'lib xayolga keldi. Uchrashuv joyini Massimoning o'zi belgilagandi. Bu uning oilaviy korporaciyasi Saras S.p.A ga tegishli ofis edi. Butun bino ko'k-qora ranglarga burkangan, o'ng-u so'lingizda "Internacional" ramzi tushurilgan rasmlarni ko'rish mumkin edi.

— Moratti, tanishganimdan xursandman! — darhol o'zini tanishtirdi Milan klubining sobiq prezidenti. Bir necha soat davom etgan suhbat aynan shu so'zlar bilan boshlangandi.

— Men "Inter" haqida ilk bor 1949 yil 4 yoshimda bilgan edim. Milan derbisi edi, biz o'shanda 6:5 hisob bilan g'alaba qozondik. Men stadionga otam va akam bilan bordim. SHundan so'ng, birgalikda futbol tomosha qilish oilamiz ananasiga aylandi. Nimani his qilgandim? Bir narsa aniq, hal qiluvchi natija uchun atrofdagilar bilan birdek xursand bo'lganman. Atrofdagi hamma narsani tushunish uchun esa juda kichkina edim.


“Men "Inter" prezidenti bo'lganimda birinchi bo'lib muxlislarga quvonch ulashish haqida o'ylaganman. Sababi bu mening vazifalarimdan biri edi. Buning uchun esa qattiq ter to'kishim va klub bilan ko'proq ishlashim kerakligini yaxshi bilardim. Bundan ko'ra paypoq ishlab chiqarish fabrikasini ochsangiz, tezroq samarali natijaga erishasiz”, — deydi kulib.

“Inter”dek klubga boshchilik qilar ekansiz, siz hech qachon bir joyda tinch tura olmaysiz. Doim yangiliklardan xabardor bo'lishingiz, daromad keltiradigan manbaa, yangi homiylarni izlab topishingiz kerak bo'ladi. Ammo bazida o'z hisobingizdan ham pul to'lashingizga to'g'ri keladigan paytlar bo'lib qoladi. Lekin buning katta ahamiyati yo'q. Asosiysi jamoa bilan elkama-elka ishlash va ijobiy natijalarga erishishdir.

"Romantik Ibra, Ins, Rekoba, Ronaldo va ... Kantona"

"Inter" boshlig'i bo'lib, birinchi qilishni istagan narsam — jamoa tarkibida "Manchester Yunayted"ning ikki o'yinchisi Ins va Kantonani ko'rish edi. Birinchi o'yinchini Milanga kelishga ko'ndirdik, lekin ikkinchi futbolchi bilan bu borada qiyinchilikka duch keldik. Agar Erik Kantona klubimizga o'tganida, menimcha yanada yaxshiroq natijalarga erishgan bo'lardik. “Inter” Moratti davridagi birinchi sovrini UEFA Kubogi-1998 bo'lgan. SHuningdek, Massimo klubga olib kelgan o'yinchilari bilan haligacha faxrlanishi haqida so'zlab berdi.

— Tan olaman, hamma o'yinchilarga birdek muomalada bo'lmasdim. Haqiqatdan ham, bazilarini ko'proq yaxshi ko'rardim va vaqtimni ular bilan o'tkazishga harakat qilardim. Ins ana shunday sevimli o'yinchilarimdan biri edi. U bilan atigi 2 yil faoliyat yuritganmiz. Menga uning xarakteri yoqardi: Pol maydonda juda jasur o'yinchi edi. Undan keyin chap oyoqda yaxshi harakatlanadigan Rekoba jamoamizga keldi. U hech qachon oddiy gol urmagan, uning hamma gollari shedevr edi! Milito? U men uchun afsonaviy inson. Axir u orzularimni ro'yobga chiqardi, qanday qilib uni yaxshi ko'rmaslik mumkin?!

Ibragimovich? U boshqacha edi, g'alati desam ham bo'ladi. Men unda romantika va lirika mujammaslashgan bir insonni ko'rardim. Zlatan hammadek o'ynamasdi. U muxlislar quvonchi uchun hattoki, raqiblarini erga urib, kamsitardi. U bilan munosabatimiz yaxshi bo'lgan. Uning "Inter" tarkibidagi eng yaxshi goli?! Menga "Torino" darvozasiga urgan goli ko'proq yoqadi.

Mening eng yaxshi xaridim Ronaldo deb o'ylayman. Aynan u menga futbolning eng chiroyli tomonlarini ko'rsatdi. Uni sotib olganimizda ko'pchilik lol bo'lib qolgandi. Axir u o'sha paytda ham dunyodagi eng talab kuchli bo'lgan futbolchi edi. U kelganidan so'ng men o'zimni juda kuchli rahbar deb hisoblay boshladim. Uni doim yaxshi ko'rganman. Afsuski, biz uni jarohatdan saqlay olmadik. Haligacha Braziliya termasi murabbiylik shtabi noto'g'ri ish qildi deb o'ylayman. O'shanda ular Franciyada bo'lib o'tgan JCH-1998da unga mos shug'ullanish dasturini bermagan. Ronaldoning tizzasidagi og'riq kuchli edi. Lekin u mamlakatda bo'lgan muhabbati kuchli bo'lgani tufayli mundialni o'tkazib yuborolmasdi. U UEFA Kubogi-1998da ham ajoyib o'yin ko'rsatgan edi.

"Kuper va Ronaldo, Mourinyu xamda Manchiniga qo'ng'iroq"

— Ronaldoning bosh murabbiyimiz Kuper bilan munosabati yaxshi emasdi. Kuper va Lippi — buyuk murabbiylardan, lekin ular biz bilan yuqori natijalarga erisha olmaganlar. Bir narsani tan olish kerak, murabbiyning tanlovi doim qiyin kechgan. Axir bir necha o'yinchilar orasidan foydali va samarali futbolchini tanlab olish doim mushkul bo'lgan. Keyinchalik yosh murabbiylar o'rniga katta tajribaga ega bo'lgan mutaxassislarga almashtirishga harakat qildim. Doim ideal darajadagi murabbiyni topishni xohlaganman. Ana shunday bir murabbiyni bilaman va men uni hech bir ikkilanishsiz Milanga olib kelgandim. U Joze Mourinyu edi.

Portugaliyalik haqida gap boshlanishi bilan sobiq prezidentning ko'zlari chaqnab ketdi. Aynan u kelganida "Moratti davri" o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiqib, gullab yashnagandi.

— Men u “Portu” bilan CHempionlar Ligasida qanday g'olib bo'lganini ko'rgandim. Lekin press-konferenciyadagi so'zlari va o'zini tutishidan ko'proq hayratlangandim. Yarim finalda "Deportivo"ga qarshi bahsdan oldin u bugungi uchrashuv haqida emas, final haqida o'ylayotganini aytgandi. U jamoasi g'alaba qozonishiga butunlay ishonardi. Buni eshitib, o'zimga o'zim shunday dedim: "Balki hozirmasdir, lekin albatta qachondir u bizning jamoaga murabbiylik qiladi".
Ammo u kelguncha yana 4 yil o'tdi. Ungacha esa Roberto Manchini jamoani boshqarib turdi.

— Roberto bilan munosabatlarimiz yaxshi edi. 1995 yil uni o'yinchisi sifatida klubga olmoqchi ham bo'lgandim. U "Lacio"ni boshqarayotgan vaqtida unga qo'ng'iroq qilib, shunday dedim: "Narsalaringni yig'ishtir va tayyor bo'lib tur. Seni klubim murabbiyi sifatida ko'rishni xohlayman!” Manchini mening qarorimni hurmat qildi. SHuning uchun, u bilan tezda kelishib oldik.

— Ishlagan vaqtimda murabbiylarni ko'p marotaba o'zgartirganman. Aniqrog'i, ularning soni 16taga etgandi. Biroq jamoaga Karlo Anchelottini olib kelolmaganimdan haligacha afsuslanaman. Menga uning uslubi yoqadi. U — haqiqiy ustoz.

"Qirg'oq bo'yidagi" transferlar: Figu va Sneyder

— To'g'risini aytganda bunday o'yinchilarni "Inter"ga olib kelish unchalik qiyin kechmagan. Masalan, Luish Figu bilan bog'liq vaziyat. Biz qirg'oq bo'yidagi barla ko'rishib qoldik. Undan jamoamizga kelishni istaysanmi deb so'radim. U o'sha zahoti rozi ekanini aytdi. Bitta salfetkani olib, raqamni yozdim va qo'l qo'yib uni Luishga berdim: "Hozir Rinaldo Gelfining yoniga bor. U "Inter"ning vice-prezidenti. Unga buni ko'rsat va senga shartnoma tayyorlashini ayt".

SHunga o'xshash vaziyat Sneyder bilan ham sodir bo'lgandi. Men dengiz bo'yida o'g'lim bilan sayr qilib yurgandim. O'g'lim meni plyajda kafesi bo'lgan do'sti bilan tanishtirmoqchi ekanini aytdi. Uning do'sti “Inter” muxlisi ekan. Futbolni yaxshi tushunadigan do'sti menga shunday dedi: "Janob Massimo, klubingiz eng kuchlisi bo'lishi uchun sizga bitta o'yinchi etishmayapti. U — Uesli Sneyder. SHundan so'ng o'sha o'yinchini bir mavsum davomida kuzatdim va haqiqatdan ham u jamoaga tezlik borasida yordam bera olishiga ishonch hosil qildim”. O'g'limning do'sti shunday ishonch bilan gapirgandiki, hatto unga rad javobini berishdan uyalgandim. SHundan so'ng, Brankaga qo'ng'iroq qilib, bizga shu o'yinchi kerakligini aytdim.

"Tanqidni to'g'ri qabul qilaman. Klubni sotib to'g'ri ish qildim"

Omadli transferlari haqida Massimo Moratti bilan uzoq vaqt suhbatlashib o'tirish mumkin. Lekin u tanqid haqida gaplashishga ham qarshi emas.

— Tabiiyki, har qanday inson kabi men ham o'zim haqimda salbiy gap eshitishni istamayman. Biroq agar tanqid asosli bo'lsa, muxlislar va jurnalistlarning etiroziga sabab bo'layotgan narsani topishga harakat qilardim. Bu o'z xatolarim ustida ishlashga yordam beradi. “Neradzurri”ga prezidentlik lavozimiga qaytgan bo'larmidim? Bir so'z bilan aytganda, yo'q. Klubni sotishdan avval men "Inter"da nimalarga erishganim haqida yodga oldim. Bu jamoa menga ko'p narsa berdi, lekin shunday qarorga kelishga majbur edim.

Erik Toxir — juda kelishgan erkak. U jamoani ishonchli qo'llarga topshirish uchun qo'lidan kelganini qildi. Stiven CHjan? U — juda yosh va shijoatli yigit. Umid qilamanki, "Inter" uning qo'l ostida yuqori cho'qqilarga erishib, kuchli klublardan biriga aylanadi.

— Berluskoni qaytishi? "Monca" uning yuqoriga qo'ygan kichik qadami. Menimcha, bu loyiha u "Milan" bilan erishgan yutuqlarga yaqinlasha olmaydi. Men Silvioni juda hurmat qilaman. Milan derbisi uzoq yillar mobaynida Evropadagi kuchli o'yinlardan biri bo'lib kelgan. Umuman olganda, A Seriya klublari  prezidentlari — Evropa futbolidagi eng mashhurlardandir. Masalan, men "Napoli" prezidenti De Laurentis bilan yaqindan tanishman. Sizni ishontirib ayta olamanki, u klubini juda yaxshi ko'radi va yomon paytlarda jamoasini tashlab qo'ymaydi. Doim yonida bo'lib, qo'llab-quvvatlaydi. Intervyu yakunlanishidan bir necha daqiqa avval Massimo Moratti xonasidagi bir narsaga etibor qaratishimni so'radi.

— Mana bu oltin burgutni ko'ryapsizmi? Uni menga Arabistonlik muxlis sovg'a qilgan. Bu — ajoyib. Hattoki, dunyoning boshqa chekkalarida ham bizning muxlislarimiz borligidan fahrlanaman.

SHu so'zlardan keyin Moratti kulib qo'ydi. "Inter" muxlislari uni doim tabassum qilgan va tarbiyali inson sifatida eslab qolishadi.
— Bolaligimda futbol o'ynashdan ko'ra, do'stlarimdan iborat jamoa tarkibini, o'ynash taktikasini tuzib chiqishni yaxshi ko'rardim.

O'sha paytdayoq uning taqdiri Milanning "Internacional" jamoasi bilan uzviy chambarchas bog'langan edi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика