So’nggi yangiliklar

12:37"Пахтакор-79" жамоасини хотирлаш тадбиридан ГАЛЕРЕЯ  1 12:21Суперлига. 18-тур дисквалификациялари: "Бунёдкор", "Сурхон" ва "Хоразм"да йўқотиш бор  0 12:00МЮ янги футболчиси муҳокамалар марказида  1 11:37Афсонавий ҳимоячи фаолиятини якунлади  1 10:59ПСЖ 150 миллион евролик трансфер бўйича иш бошлади  2 10:31Азар барча даврларнинг энг яхши ҳимоячиси ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:00ПСЖ 65 миллион евролик трансферни ҳал қилди  1 09:26Пролига. 11-турга старт берилади  1 08:56"Пахтакор-79" фожиасига 46 йил тўлди  5 08:51Sofascore. Муҳаммадали Ўринбоев Белгиядаги дебют ўйинида қандай баҳо олди?  3 08:15Яна бир ТОП футболчи "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  1 07:38Суперлига. Бугун Фарғона ва Самарқандда даҳшатли ўйинлар бор  23 07:05"Кристал Пэлас" "Ливерпул"ни мағлуб этиб, ўз тарихида илк марта Англия Суперкубогини қўлга киритди  0 06:50Суперлига. "Сўғдиёна" "Машъал" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 03:00“Пахтакор-79” хотирасига бағишланган шеър  5

Eng og'riqli nuqta haqida: Krimec, Azamov, Aliqulov va Ashurmatov hozirgi kunda milliy jamoaga loyiq Yangiliklar

Eng og'riqli nuqta haqida: Krimec, Azamov, Aliqulov va Ashurmatov hozirgi kunda milliy jamoaga loyiq

Bilasiz, oxirgi yillarda O'zbekiston milliy jamoasi markaziy himoyasida juda katta muammolar ko'zga tashlanmoqda.

Masalan, Mirjalol Qosimov yoki Samvel Babayan davrida milliy jamoamiz mudofaa chizig'iga ortiqcha savollar bo'lmagan. To'g'ri, yakunda terma jamoamiz Qosimov yoki Babayan boshqaruvidagi davrda ham ko'zlangan asosiy maqsadga erishmagan bo'lsada, bunga asosiy sabab sifatida himoyadagi muammolarni emas, balki hujumdagi samaradorlik etarli daraja bo'lmagani bilan izohlash mumkin. CHunki o'shanda birgina gol ikkita mundial chiptasidan mosuvo qilgandi.

Ammo oxirgi yillarda terma jamoamizning eng og'riqli nuqtasi hujumda emas, balki ko'plab gollar o'tkazib yuborish bilan bog'liqligi sabab mudofaa chizig'idagi kamchiliklar bilan izohlanmoqda.

Ektor Kuper, Vadim Abramov va Srechko Katanec ham eng asosiy muammoni avvalo himoyadan izlamoqda. O'yinlardagi natijalar va o'tkazib yuborilayotgan ko'plab gollarda aynan mudofaa chizig'ida yo'l qo'yilgan pozicion xatolar pand berayotgani mutaxassislar tahlilida ham o'z tasdig'ini topmoqda. Gap mudofaa chizig'idagi muayyan bir xatolarda ham emas, balki oxirgi yillarda terma jamoamizda kim markaziy himoyachi bo'lishga loyiqligini izlashda ham bosh murabbiylar katta xatolarga yo'l qo'yishmoqda. Ochig'i, Abramov ham va hozirda terma ruliga o'tirgan Katanec ham markaziy himoyani shakllantirishda aniq bir to'xtamga kelmaganini yaqin kelajakda bo'lib o'tgan uchrashuvlarimizda tandemlar, asosiy tarkibdagi nomlar doimiy o'zgarib turganidan ham sezish qiyin emas.

Milliy terma jamoa tarkibi oxirgi paytlarda keskin yoshartirilayotgani, milliy jamoaga futbolchi jalb etishda uning imkoniyati, o'yini, holati va darajasidan ham ko'ra yoshiga ko'proq urg'u qaratilayotgani balki markaziy himoyamizni shakllantira olmayotganimizning asosiy muammosidir, balki...

Aynan milliy jamoamizning markaziy himoyadagi muammolar bo'yicha yaqin o'tmishdagi terma jamoamizning haqiqiy etakchisi, himoya qo'rg'onimiz bo'lgan tajribali Anzur Ismoilovning bu boradagi fikrlari bilan qiziqdik.




Birinchi asosiy savol, yani mavjud holatdan kelib chiqib balki Osiyo Kubogi oldidan muammo bartaraf etilmaydigan bo'lsa, Anzur Ismoilov terma jamoadagi faoliyatini qaytadan tiklash taklifiga qanday javob bergan bo'lardi?

«Ochig'i, bu haqiqatdan yiroq narsa, menimcha. CHunki baribir qachondir yoshlar chiqishi, ular ham o'z o'rnini topishi kerak. Ular ham qozonda qaynab, kerak bo'lsa terma jamoa darajasida pishishi kerak», deya Anzur Ismoilov terma jamoadagi faoliyatini qayta tiklashni o'ylamayotganini takidladi.

Ikkinchi savol, yani hammani qiziqtirayotgan va o'ylantirayotgan narsa: Ayni paytda terma jamoaga munosib va loyiq bo'lgan eng kuchli 4 nafar markaziy himoyachilar kimlar? Anzur Ismoilov talqinida ushbu savolga javob izladik:

«Hozirgi kunda Egor Krimec, SHerzod Azamov, Husniddin Aliqulov va Rustam Ashurmatov singari himoyachilar milliy jamoa sharafini himoya qilish darajasida. Aynan 4 nafar markaziy himoyachilarni ko'rsatish kerak bo'lsa, men avvalo ushbu futbolchilarga etibor qaratgan bo'lardim. SHuningdek, ko'plab yosh istedodlar ham chiqib kelishmoqda. Hozirgi kunda Abdulla Abdullaev yoki boshqa yosh himoyachilarga imkoniyat berilsa kelajakda ular ishonchni oqlashlari mumkin», dedi Anzur Ismoilov.

Xulosani esa bosh murabbiy janob Srechko Katanecga qoldirgan maqul.


Sobitqadam





Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика