So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  1 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  2 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Enfild stadioni. XX asrdan XXI asrgacha Yangiliklar

Enfild stadioni. XX asrdan XXI asrgacha

Teglar :  LiverpulEnfild
"Liverpul" klubining uy stadioni "Enfild" haqidagi ilk xotiralar 1859 yilga borib taqaladi.

Oradan 25 yil o'tib esa stadiondan "Everton" foydalanishni maqsad qiladi. Jamoa xo'jayiniga "Prayori Roud"dagi shovqinlar yoqmayotgandi.

O'sha paytda stadion mahalliy pivo ishlab chiqaruvchilar Jon Orrel va Jon Xoldingga tegishli bo'lgan. Klub maydonni 100 funt evaziga futbol o'yinlarida foydalanish huquqini qo'lga kiritgandi.
1884 yilda "Everton" yangi stadionda ilk o'yinini o'tkazgan. O'shanda mezbonlar raqibni 5:0 hisobida mag'lub etgandilar.

Umumiy hisobda "Everton" "Enfild"da 7 yilni o'tkazdi. 1891 yilda jamoa hattoki chempionlik unvonini qo'lga kiritdi. SHundan so'ng stadion egalari maydonning ijara haqqini 250 funtgacha ko'tarishga qaror qilishdi. Bu esa "Everton" rahbariyatiga maqul kelmadi. Natijada esa jamoa "Enfild"dan 765 metr uzoqlikdagi "Gudison Park"ka ko'chib o'tadi.

Lekin, "qutlug' joy quruq bo'lmaydi". Bu esa stadion egasiga yangi klub tuzish uchun turtki bo'ldi. Jon Xolding yangi professional klub yaratmoqchi edi. Avvaliga u yangi klub nomini "Everton Football Club and Athletic Grounds Company Limited" nomi bilan ro'yxatdan o'tkazmoqchi bo'ladi. Biroq Angliya futbol associaciyasi "Everton-2"ning yaratilishiga qarshi chiqadi. SHunda Jon yangi klub nomini shahar sharafiga - "Liverpul" deb qo'yadi.

SHu tariqa "Enfild" "Liverpul"ning uy stadioniga aylangan. SHu tariqa buyuk klub yaratilgan. Tarix shu tariqa yozilgan!

"Enfild" stadioni turli yillarda:

sports.ru sayti asosida tayyorlandi

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика