"Enfild" o'yingohi Suaresni xushtaklar bilan kutib oldi
08 may 2019 00:42
Yangiliklar


"Enfild" o'yingohi Suaresni xushtaklar bilan kutib oldi
ECHLning yarim final javob bahsi doirasida Liverpul klubi Barselona bilan to'qnash kelmoqda.
«Enfild» stadioniga yig'ilgan mezbon muxlislari kataloniyaliklar forvardi Luis Suaresga qarata norozilik ko'rsatishmoqda. Ular urugvaylik futbolchiga xushtaklar chalib, unga qarata norozilik kayfiyatidagi so'zlarni yog'dirishmoqda. Bunga Suaresning ilk o'yinda «Liverpul» darvozasini ishg'ol etganidan so'ng, golni nishonlagani sabab sifatida ko'rsatilmoqda. Qayd etish joizki, 32 yoshli futbolchi oldinroq «qizillar» sharafini himoya qilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar