So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  0 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  1 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Endi "Nasaf" chempion bo'ladimi? Yangiliklar

Endi "Nasaf" chempion bo'ladimi?

Ro'ziqul Berdiev va "Nasaf" o'zining azaliy orzusi ushalishiga juda yaqin turibdi.

CHempionlik deyarli aniqlab beradigan bahsda Qarshi klubi Toshkent mehmoni bo'ldi. "SHerlar" bu bahsda kamida durangga umid qilgandi, biroq... Saitovning "daydi o'qi "junglimiz"ning amaldagi qirolini jarohatladi. Hujumda tuzukroq hujum tashkil qila olmagan toshkentliklar mag'lubiyatga uchrashdi va endi "Nasaf" raqiblariga omad tilashni boshlashadi.


Xo'sh, endi "Nasaf" chempion bo'ladimi? 

Jadvalda "ajdarlar" eng yaqin taqibchisi "Paxtakor"dan 3 ochkoga ilgarilab ketdi. SHu joyda matematikani ishga solmasak bo'lmaydi. Demak, "Paxtakor" va "Nasaf"da 6tadan o'yin qoldi. Toshkent klubi o'zining 6ta bahsida mag'lub bo'lmasa "Nasaf"ga 5ta g'alaba va 1ta durang ham etarli bo'ladi. "Bu osonku" deyishingizdan avval "ajdarlar"ning keyingi raqiblariga etibor bersak.

09.10. "Nasaf" - "So'g'diyona"

19.10. "Qizilqum" - "Nasaf"

26.10. "Nasaf" - "Bunyodkor"

04.11. "Nasaf" - "Dinamo"

12.11. "Nasaf" - "Neftchi"

19.11. "Olimpik" - "Nasaf"


Bu "shovvozlar" orasida "Nasaf"ga kim muammo tug'dira oladi? Hammasi. "So'g'diyona" 3ta frontda kurashni davom ettirmoqda: OFK Kubogi, Superliga, O'zbekiston Kubogi. Biroq jamoa uchchala musobaqaga bor kuchini sarflay olmaydi, shu sabab Qarshi klubi bu imkoniyatdan foydalanib qolishi mumkin. Buning ustiga o'yin "ajdarlar" arenasida bo'lib o'tadi. "Qizilqum"ga qarshi bahs ham oson bo'lishi mumkin, chunki jamoaning bosh "snayperi" Temurxo'ja Abduholiqov "Metallurg"ga qarshi bahsda darvozabonning boshiga oyog'i bilan zarba berib, to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgan edi. SHunday qilib, forvard kamida 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilinadi. 26 oktyabrda "Qarshi" markaziy o'yingohi "Nasaf" - "Bunyodkor" o'yiniga mezbonlik qiladi. "Qaldirg'ochlar" Ro'ziqul Berdiev uchun haqiqiy bosh og'riq bo'lishi mumkin. "Navbahor"ni Toshkentda "tiz cho'ktirgan" "Bunyodkor" jadvalda yuqoriroq o'rin egallash uchun kurashmoqda. "Nasaf" "lochinlar" kabi ochko uchun shoshib harakat qilmasligi lozim, aks xolda nima bo'lishini ko'rdik. Vadim Abramov boshchilik qilayotgan "Dinamo" 4 noyabrda Qarshida mehmon bo'lishadi va menimcha "Nasaf" raqiblarni yaxshigina "mehmon" qiladi.

Dastlabki 4ta bahs muvaffaqiyatli yakunlanishi ehtimoli katta, ammo "ajdarlar"ning so'nggi ikki bahsi futbolchilarni nafaqat jismoniy balki ruxiy jihatdan ham qiynab qo'yishi mumkin. "Neftchi" safida kuchli futbolchilar etarlicha va ular muhim bahslarda kerakli natijalarni qayd etishmoqda.

"Neftchi" - "Dinamo" 4:1

"So'g'diyona" - "Neftchi" 0:0

"Bunyodkor" - "Neftchi" 1:2

"Neftchi" - "Qizilqum" 2:1

Biroq o'yin "Qarshi" stadionida o'tishi ustunlikni "Nasaf"ga og'diradi.

Taxminimcha, chempionlik masalasi "Olimpik"ga qarshi o'yinda hal bo'ladi. Mundial startidan avval chempionatimizda JCH o'yiniga teng uchrashuv o'tkaziladi. Temur Kapadze jamoasi "Robin Gud"ga o'xshaydi. "Nasaf", "Navbahor" va "Paxtakor" kabi grandlardan ochko tortib olgan 23 yoshlilar kutilmaganda "Lokomotiv"ga imkoniyatni boy berib qo'yishadi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari ruxiy bosimni engib, sovuq kalla bilan maydonga tushishsa, hammasi ko'ngildagidek bo'ladi.


"Paxtakor" va "Navbahor"ning keyingi bahslari kimlar bilan?

09.10. "Surxon" - "Paxtakor"

18.10. "Paxtakor" - "Qo'qon-1912"

24.10. "Paxtakor" - "Lokomotiv"

04.11. "Paxtakor" - "So'g'diyona"

11.11. "Paxtakor" - "Qizilqum"

19.11. "Paxtakor" - "Bunyodkor"


09.10. "Navbahor" - "Dinamo"

18.10. "Neftchi" - "Navbahor"

25.10. "Navbahor" - "Olimpik"

05.11. "Lokomotiv" - "Navbahor"

12.11. "Metallurg" - "Navbahor"

19.11. "Navbahor" - AGMK


Vaziyatni ko'rib turibsiz, hammasi Ro'ziqul Berdievning o'z qo'lida. Faqat aqlli o'yin ko'rsatib, his-hayajonga berilmasa hammasi qarshiliklar foydasiga hal bo'ladi.


Jasur Aslanov

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика