"Endi murabbiy yoki rahbar o'z futbolchisini boshqa klubga sotishga olib borsa, futboldan chetlatiladi"
06 jan 2019 16:22
Yangiliklar
"Endi murabbiy yoki rahbar o'z futbolchisini boshqa klubga sotishga olib borsa, futboldan chetlatiladi"
O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov 2019 yildagi o'zgarishlar haqida gapirib o'tdi.
“2019 yildan boshlab biror murabbiy yoki rahbar o'z futbolchisini olib, boshqa klubga sotishga olib borsa, biz bunday sotqinlarni futboldan chetlatib qo'ya qolamiz. SHu klubdan non-tuz eb turib, uyalmaysanmi uning uyini parokanda qilishga? Biror klub rahbari, murabbiyi yoki futbolchisi boshqa bir klubning taqdirlash marosimiga borishi ham shart emas. Yo'qsa biz natijalardan shubhalanishni boshlaymiz. Juda borishni istasa — marhamat. Otning kallasidek jarima to'laydi. Biz bu pullarni bolalar futbolini rivojlantirish ishlariga sarf etamiz”, - deydi Umid Ahmadjonov O'FA rasmiy saytiga.
Fikrlar