So’nggi yangiliklar

22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  3 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  9 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  21 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  53 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4

Endi ekspertlar komissiyasiga futbolchi va murabbiylar ham kiritiladi Yangiliklar

Endi ekspertlar komissiyasiga futbolchi va murabbiylar ham kiritiladi

Saytimiz jurnalisti Faxriddin Ro'ziev bugun O'zbekiston futbol hakamlari markazi direktori bilan suhbatlashdi.

Laziz Qo'chqorov bahsli vaziyatlarni tahlil qiladigan ekspertlar komissiyasi tarkibiga kimlar kirishi haqidagi savolga shunday javob berdi:

Bu borada sizga chuqurroq tushuntirish berishim kerak. Bilasizmi, komissiya o'z vaqtida noto'g'ri tuzilgan ekan. Yani, O'FA qoshida tashkil etilgan Hakamlar qo'mitasi tarkibidagi 5 kishi (Haydarov, Ceytlin, Kovalenko, Dachev, Popov — tahr.) ayni paytda komissiyani ham shakllantirgan.

Bu noto'g'ri. Biz O'zFHM qoshida komissiyani boshqattan tashkil qilyapmiz. Hozir nizom ishlab chiqildi, tez orada tasdiqlanishi kerak. Ungacha bahsli epizodlarni qo'mita azolari ko'rib turishadi.

Ekspertlar komissiyasini yangidan tashkil qilish bizga nima beradi? Nizom tasdiqlanishi bilan klublarda faoliyat yuritayotgan murabbiylar orasida kichik saylov o'tkaziladi. Ulardan 1 nafar mutaxassis komissiya azoligiga ovoz berish yo'li bilan saylanadi. SHuningdek, futbolchilar orasidan 1 kishi olish haqida o'ylagan edik. O'yinchilarning soni juda ham ko'pligi tufayli ularning nomidan O'zbekiston futbolchilar uyushmasi qatnashsa yaxshiroq bo'ladi, menimcha. 

SHu o'rinda yana bir savol paydo bo'ladi: futbolchi va murabbiylarning ekspertlar komissiyasida nima ishi bor? Ular maydonda yugurayotgan o'yinchi nimalarni o'ylayotganini yaxshiroq bilishadi. SHu jihatdan ancha foydali bo'lishini kutyapmiz. Asosiy maqsad esa komissiya ishidagi shaffoflikni taminlash.

Bundan tashqari, bir nafar tajribali xorijlik mutaxassis ham taklif qilinadi.

To'liq intervyu tez orada taqdim qilinadi...

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика