Emre Jan: “O'sha harakat Simeonega javob edi”
21 mar 2019 00:16
Yangiliklar


Emre Jan: “O'sha harakat Simeonega javob edi”
“Yuventus” azosi Emre Jan jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
“Ronalduning “Atletiko”ga qarshi o'yinda golni noodatiy nishonlagani haqida ortiqcha gapirmoqchi emasman. Biroq, Simeonening ilk bahsda jamoamizga nisbatan ko'rsatgan harakatidan keyin, nega endi Ronaldu javob uchrashuvida yuqori saviyali o'yini bilan golni xohlaganicha nishonlamasligi kerak ekan. Tribunadagilarning barchasi Krishtianuning harakati kimga atalganligini fahmladi. U ayrim maydagaplarning og'zini yopib qo'yishi kerak edi. Bu ishni xet-trik bilan amalga oshirganiga esa ishonish qiyin.” – deya germaniyalik futbolchini so'zlarini keltiradi Bild.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar