Emre Jan "Borussiya"da qancha maosh oladi?
31 jan 2020 14:00
Yangiliklar
Emre Jan "Borussiya"da qancha maosh oladi?
"Yuventus" xavbeki Emre Jan faoliyatini Dortmundning "Borussiya" jamoasida davom ettiradi.
26 yoshli futbolchining ijarasi nemis klubi uchun 1 million evroga tushadi. Ammo, klub uni keyinchalik 26 million evroga sotib olishi shart.
Janga bonuslardan tashqari yiliga 4,5 million maosh taklif etildi. Xabar berilishicha, xavbek bugun "Borussiya" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi va klub bilan shartnoma imzolaydi.
Yarim himoyachi joriy mavsum A Seriyada "keksa sinora" tarkibida 8ta o'yinda maydonga tushdi. Uning Turin grandi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar