So’nggi yangiliklar

23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  0 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  0 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  60 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1

Emmanuel Peti: "Zidan o'z uslubida, chiroyli ketdi" Yangiliklar

Emmanuel Peti: "Zidan o'z uslubida, chiroyli ketdi"

Londonning "Arsenal" klubi va Franciya terma jamoasi sobiq futbolchisi, mashhur yulduz Emmanuel Peti hamyurti Zinedin Zidanning "Real Madrid"ni tark etishi to'g'ri qaror bo'lganini takidladi.

U qo'rqmadi va barchani xayron qoldirgan qaror qabul qildi, ammo bu o'z vaqtida, to'g'ri  qabul qilingan qaror edi.

Ortda qolgan mavsum madridliklar uchun og'ir kechdi va ECHLdagi g'alaba - men uchun kutilmagan mo'jiza. "Real" chempionatni uchinchi pog'onada yakunladi, Qirol Kubogidan "Leganes"ga yutqazib, erta chiqib ketdi, Evropa CHempionlar Ligasi chorak va yarim finallarida ham omad ular tomonda bo'lgani ko'p narsani hal qildi.  

Menimcha, u bu mavsum, o'sha jamoaga endi kelganidagi tarkib bilan, deyarli o'zgarishlarsiz o'ynashiga to'g'ri keldi va yil davomida tan oldiki, buyog'iga "Qirollik klubi" oldiga qo'yiladigan talablarni bajara olmaydi. Bu juda keskin va jasorat talab qiluvchi qaror edi, ammo men uchun bu holat syurpriz bo'lmadi. CHamamda, bu fikr Zinedinning xayoliga o'tgan yozda, jamoa tarixda bo'lmagan natija - Evropa CHempionlar Ligasida qatorasiga ikki bor zafar qucha olganda kelgan. U buyog'iga futbolchilar etiborini qanday saqlab qola bilish, qanday vazifa qo'yib, qaysi sovrinni aytib olg'a chorlashni, ruhlantirishni bilmas, bunga ishonolmasdi.

Siz "Real" bosh murabbiyi bo'lib faoliyat olib borarkansiz - bu katta tezlikdagi, ulkan hajmdagi va bir soniyaga ham to'xtamaydigan bosim ostida ishlash demakdir. Bu huddi kir yuvish mashinasi tizimiga o'xshab ketadi. SHu sabab Zidan charchagan. Aynan shu sabab u ketishga qaror qildi va men uni tushunyapman.  

U futbolchiligida ham shunday edi: siz uni o'ng tomonga harakatlanishini kutasiz, u esa chapga qayrilib ketib qoladi.

Siz eng yuqori cho'qqiga chiqqaningizda ham, bundanda muhimroq narsalar bor. U "Real"ning ajoyib futbolchisi bo'lgan, o'tgan vaqt davomida jamoa uchun omadli murabbiy bo'ldi va aynan shu sabab, u "Real Madrid"ni chin yurakdan ezozlagani uchun, klub bilan salbiy notalarda xayrlashishni istamadi. U chiroyli ketishni va "Real"ga bo'lgan muhabbati va hurmatini saqlab qolishni xohladi. Buni tushunsa bo'ladi.

SHuningdek, unga yana bir bor tan bermay iloj yo'q. U o'z qarorini elon qilgan vaqtga, muddatga etibor bering: bu Zidan CHempionlar Ligasini yutganidan besh kun o'tib va Franciya termasi Jahon CHempionatidagi ishtirokini boshlashidan ikki hafta avval elon qildi. Bu "Real"ga xotirjam, shoshilmasdan yangi murabbiy topish imkonini beradi. Desham esa o'z kursisidan xavotirlanmasa ham bo'ladi - odatda Jahon CHempionatiga ikki hafta qolganda bosh murabbiy almashtirilmaydi.  

SHubhasiz, buning barchasini tushunib tursa ham, Desham asabiylashgan bo'lsa ajabmas. CHunki u ham Franciyada ZiZuni qanchalik yaxshi ko'rishlarini biladi. OAV, muxlislar, futbolchilar - barcha, xattoki mamlakat prezidenti Makron ham u haqida gapirib o'tgandi. Zinedin terma boshqaruvini o'z qo'liga olishini barcha xohlaydi, buni orzuqib kutishmoqda, lekin bu yaqin orada amalga oshmaydi. Zidan ham buni aniq-tiniq aytib o'tdi. SHuning uchun ham Zidan ketish uchun ideal vaqt tanladi va chiroyli ketdi.


Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика