Emir Spaxich 3 oyga diskvalifikaciya qilindi va 20 ming evro jarima to'laydi
23 apr 2015 17:12
Yangiliklar


Emir Spaxich 3 oyga diskvalifikaciya qilindi va 20 ming evro jarima to'laydi
"Bayer" sobiq himoyachisi Emir Spaxich Leverkuzendagi stadionda ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgani uchun Nemis futbol ittifoqi tomonidan 3 oyga futboldan chetlatildi va 20 ming evro jarimaga tortildi.
Mushtlashuv 8 aprelda "Bavariya"ga qarshi Germaniya Kubogi chorak final o'yinida sodir bo'ldi. O'yin yakunlanganidan so'ng bosniyalik do'stlari bilan oldindan band qilingan lojaga o'tishga harakat qildi. Ammo stadion ishchilari uni va do'stlarini lojaga o'tkazmadi. Natijada ommaviy mushtlashuv yuzaga keldi va bu vaziyatni faqat policiyachilar to'xtatib qola oldi.
34 yoshli futbolchi bu janjaldagi ishtirok tufayli unga nisbatan jinoiy ish ochildi va keyinroq "Bayer" Spaxich bilan shartnomani bekor qildi.

Fikrlar