Emiliano Salani qidiruv ishlari qaytadan boshlandi
03 fev 2019 15:41
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/475398_original.jpg)
![](/upload/storage/475398_220.jpg)
Emiliano Salani qidiruv ishlari qaytadan boshlandi
Aviahalokatlar bilan shug'ullanuvchi bo'lim AAIB bortida "Kardiff Siti" hujumchisi Emiliano Sala bo'lgan samolyot qidiruv ishlarini boshladi.
Qidiruv ishlari Geo Ocean III kemasi yordamida amalga oshiriladi.
Ular 3 kun davomida suv ostini ko'zdan kechirishadi, qidiruvga yollanganlar esa samolyot topilgunicha ishlashadi.
28 yanvar kuni Franciyaning Kotentin yarim orolidagi plyajlardan birida Sala o'tirgan samolyot yostiqchalari topilgan.
Eslatib o'tamiz, bu transfer oynasida Sala "Nant"dan "Kardiff"ga o'tgan edi. 21 yanvar kechasi hujumchi xususiy samolyotda Uelsga uchib ketdi va qo'nishdan bir soat oldin samolyot radarlarga ko'rinmay qoldi. 24 yanvar kuni policiya qidiruv ishlarini to'xtatgan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar