Emiliano Martines Mbappeni ikkinchi marotaba trolling qildi
21 dek 2022 08:30
Yangiliklar


Emiliano Martines Mbappeni ikkinchi marotaba trolling qildi
Qatardagi mundial finalida Franciyaga qarshi bahsda qahramonlardan biriga aylangan Emiliano Martines Kilian Mbappening ustidan kulishda davom etmoqda.
Buenos-Ayresdagi chempionlik paradi vaqtida Argentina TJ kiperi qo'lida Mbappening xafa bo'lgan holatdagi rasmi tushirilgan qo'g'irchoqni ushlab olgandi. Martines finaldan keyin kiyim almashtirish xonasidagi xursandchilik vaqtida ham francuzni trolling qilgandi. U “Kilianning harakati uchun bir daqiqalik sukut saqlaymiz”, deb aytgan.
Eslatib o'tamiz, Mbappe argentinaliklar qarshi bahs davomida xet-trikka erishdi va penaltilar seriyasida ham Martinesni dog'da qoldirdi.
Avvalroq, “Aston Villa” posboni taqdirlash marosimi vaqtida nega noo'rin “jest” qilganini tushuntirgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar