Emerik Lyaport mashg'ulotlarga qaytdi
04 jan 2020 02:10
Yangiliklar


Emerik Lyaport mashg'ulotlarga qaytdi
"Manchester Siti" himoyachisi Emerik Lyaport umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytgani haqida jamoa matbuot xizmati malum qildi.
Eslatib o'tamiz, Lyaport mavsum avvalida tizzasidan jiddiy jarohat olgan va jarrohlik stoliga yotqizilgan edi. 25 yoshli franciyalik futbolchining yaqin haftalarda maydonga qaytishi kutilmoqda.
Jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola shunday dedi: "Bugun Emerik jamoa bilan 10-15 daqiqa birga ishladi, shundan so'ng yakka tartibda mashg'ulotlarga kirishdi. U o'zini yaxshi his qilmoqda. Lyaport keyingi haftadan to'liq mashg'ulotlarga kirishadi".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar