Emeri Sebalos haqida fikr bildirdi
23 iyu 2019 14:23
Yangiliklar


Emeri Sebalos haqida fikr bildirdi
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri "Real" yarim himoyachisi Dani Sebalos bilan shartnoma imzolash imkoniyatlari va uning o'yini haqida fikr bildirdi.
"Biz o'yinchini ijaraga olish borasida bosh qotirmoqdamiz. Bizda bir necha variantlar bor. Klub bu borada ish olib bormoqda".
"Sebalos - juda ham yaxshi futbolchi. Men uning "Betis" va "Real"dagi o'yinlarini kuzatganman. U yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionatida juda ham yaxshi o'ynadi va haqli ravishda g'oliblikka erishdi", - deydi Emeri.
Eslatib o'tamiz, Sebalosning "Arsenal"ga 1 yilga ijara berilishi deyarli aniq bo'lib ulgurdi.
Sebalos yakunlangan mavsum La Ligada 23ta o'yin o'tkazib, 3ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar