

“Klub rahbariyati mavsum oldidan mening oldimga aniq bir vazifa qo'ymagan. Lekin jamoaning maqsadi shundog'am ma'lum. “PSJ” oldiga faqat bitta maqsad turadi – barcha sovrinlarni yutish. Ichki birinchilikda g'olib chiqish va mamlakat kubogini qo'lga kiritish. Chempionlar ligasida esa imkon boricha uzoqroqqa borish. Bir qator futbolchilarimizda kichik muammolar kuzatilmoqda. Mikrojarohatlar, ulardan ayrimlari toliqib ham qolishgan. Ammo bu kabi muammolar bilan barcha jamoalar to'qnash kelishadi”, deya murabbiyning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal nashri.



