Emeri o'yinchilardan "Arsenal"ga sardor tanlashni so'radi
26 sen 2019 18:36
Yangiliklar
Emeri o'yinchilardan "Arsenal"ga sardor tanlashni so'radi
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri futbolchilaridan sardorlikka munosib deb bilgan jamoadoshini yozib berishlarini so'radi.
"Biz hammamiz ovoz berdik. Endi ko'ramiz, kim sardor bo'ladi. Jamoa shunchaki nomlarni yozib berdi va murabbiyga berdi", - deydi Xolding.
"Arsenal"ni yozda bir necha sardor futbolchilar tark etishdi. Bular Loran Koselni, Aaron Remzi va Petr CHexlardir.
Bundan tashqari, Mesut O'zil juda ham kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. Germaniyalik futbolchi "Nottingem"ga qarshi o'yinda zaxiraga olindi va sardorlik bog'ichini Xoldingga tashlab ketdi.
Fikrlar