Emeri "Nyukasl"ning taklifini rad qilgani malum bo'ldi
05 apr 2022 21:21
Yangiliklar


Emeri "Nyukasl"ning taklifini rad qilgani malum bo'ldi
"Vilyarreal" bosh murabbiyi Unai Emeri The Athletic nashriga bergan intervyusida o'tgan yilning kuzida "Nyukasl" taklifini nima uchun rad etganini aytdi.
"Premer-liga – murabbiylar uchun jozibador liga. SHuning uchun "Nyukasl" menga qo'ng'iroq qilgach, jiddiy loyiha uchun Angliyaga qaytish imkoniyati haqida ko'p o'yladim. Men uchun bu faxrlanarli mamnuniyat manbai edi va buni qadrlayman. "Nyukasl" kabi klubning taklifini tinglash, uni ko'rib chiqish yoqimli.
Men taklif haqida o'ylab, Fernando Roig bilan gaplashdim. Ammo mavsum o'rtasida "Vilyarreal" bilan CHempionlar Ligasida ishtirok etishimizni ham hisobga olishim kerak edi. Yakunda "Vilyarreal" va "Nyukasl"ni hurmat qilgan holda shu erda qolishga qaror qildim. Men baxtiyorman, biz muhim ishni qilyapmiz", – dedi ispaniyalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
12:17
Arteta: "Chempionlik poygasidagi vaziyat 3 oy avval qanday bo'lsa, o'shandayligicha qolmoqda" 10
03:20
APL. "Liverpul" o'z uyida "Nyukasl"ni mag'lub etdi va jadvaldagi etakchiligini yanada mustahkamladi 13

Fikrlar