Emeri finaldan oldin nimalar dedi?
26 may 2021 00:55
Yangiliklar
Emeri finaldan oldin nimalar dedi?
"O'zimiz bilan faxrlanamiz. Endi so'nggi qadamni tashlash kerak. Bu bilan bizning loyihalarimiz sustlashmaydi va to'xtab ham qolmaydi.
Evropa ligasida so'nggi yillarda raqobat anchagina oshgan. O'z navbatida "Vilyarreal" ham mavsum davomida haqli g'alabalarga erishdi. "Manchester Yunayted"ga jang taklif qilish uchun doimo yaxshi jismoniy holatda bo'lish kerak.
Klubimizning tarixi ajoyib onlarga juda boy, biroq ularning aksariyati yaqin o'tmishda yuzaga keldi. SHu davr mobaynida MYU ko'plab klublardan ustunligini namoyish qildi. Lekin bizning qarashlarimiz o'zgacha va bu finalda foyda keltirishi mumkin.
Mashg'ulotlarda mushuk-sichqon o'ynamaymiz. Biz o'yinni nazorat qilish bobida ishlaymiz. O'yinda esa MYUga kuchli tomonlarini ko'rsatish uchun imkon qoldirmasligimiz kerak.
Har bir final boshqacha qabul qilinadi. Men shu kunga qadar finallarga autsayder sifatida borgan jamoa bilan ishlaganman. Barcha o'yin oldidan shunday fikrlar bildirgandi. Ertaga ham o'z ishimizni bajarishga harakat qilamiz. Raqibni har tomonlama o'rganib chiqdik.
MYUda jarohatlanganlarning o'rnini bosa oladigan futbolchilar etarlicha. Raqibni hurmat qilish kerak. Bu turnir, bu final, unda g'alabaga erishish kerak. Unda ikkinchi imkoniyat taqdim qilinmaydi", - dedi Emeri.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar