So’nggi yangiliklar

22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  1 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинга такрорланмайди деб умид қиламан"  10 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  1 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  5 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  95 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  3 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  4 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  3

Elyor Mamasoliev: “Joriy yil yil “Cementchi” va men uchun omadli bo'ldi” Yangiliklar

Elyor Mamasoliev: “Joriy yil yil “Cementchi” va men uchun omadli bo'ldi”

Teglar :  Cementchi
Birinchi liga ishtirokchisi Quvasoyning “Cementchi” jamoasi bu yilgi chempionatni 4-o'rinda yakunladi.

Bunda futbolchilarning hissasi katta bo'ldi. Ulardan biri Elyor Mamasolievdir. Iqtidorli o'yinchi jamoasining haqiqiy etakchisiga aylana oldi. SHu munosabat yangi yil bayramiga bag'ishlab o'tkazilgan tadbir davomida Mamasolievni suhbatga tortdik. Darvoqe, intervyu berish avvalida Elyor jamoadagi boshqa tajribali o'yinchilar borligini, ular turganida, mikrafonni olish biroz noo'rin bo'lishini takidlab, kamtarlik ham qilib qo'ydi.

- Ortda qolayotgan 2015 yil “Cementchi” va men uchun omadli yakunlamoqda deyish mumkin. Sababi jamoam birinchi ligaga qaytishini 4-o'rin bilan yakunladi. O'zimning ham faoliyatimdan ko'nglim to'ldi. Ozmi-ko'pmi jamoamning yutuqlariga o'z hissamni qo'shdim deb o'ylayman.

- Jamoamiz juda ahil. Yigitlar bir-birini to'g'ri manoda qo'llab-quvvatlaydi. Bunga eng avvalo murabbiylarning roli muhim bo'lganini aytish lozim. Sababi ular aynan futbolchilarni bir maqsad yo'lida jipslashtira oldi. O'ylaymanki yutuqlarimizning zamirida ham shu omillar yotibdi. 


- “Cementchi” tarkibi bu yil yangitdan shakllantirilgani sababli birinchi bosqichda kutilgan natijani ko'rsata olmadi menimcha. Ammo ikkinchi bosqichga kelib hammasi iziga tushib ketdi.

- Har bir o'yin qiyin kechdi. Ulardan ko'proq “Obod”ga qarshi kechgan bahsni aytgan bo'lardim. Oliy liga debyutanti bilan o'yinda juda qiynaldik. Ammo ularni o'z maydonimizda taslim eta oldik.

- Kelgusi yil ham “Cementchi”da qolib jamoaga yordam bermoqchiman. Jamoada barcha sharoitlar yaratilgan. Faqat o'ynash kerak. Nasib qilsa kelgusida “Cementchi”ni kuchlilar safiga olib chiqamiz degan umiddaman.


Islombek Rustambekov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика