Ellardays: “Gvardiola Italiya futbolini o'zgartirishga qodir”
11 fev 2020 20:20
Yangiliklar


Ellardays: “Gvardiola Italiya futbolini o'zgartirishga qodir”
Angliya milliy jamoasining sobiq ustozi Sem Ellardays “Man Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning “Yuventus”da ish boshlashi mumkinligi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
So'nggi malumotlarga ko'ra, ispaniyalik mutaxassisning yangi ish joyi aynan Turin superklubi bo'ladi.
“Italiyaliklar himoyaviy futbolni xush ko'rishi ko'pchilikka malum. Ko'p hollarda ularni 1:0 hisobidagi g'alabalar qoniqtiradi. Gvardiola kelishi bilan esa barchasi o'zgaradi. Qaysi jamoada ishlamasin, Gvardiola o'z falsafasiga sodiq qoladi. U “Yuventus”ni ham o'zgartira oladi”, deya qayd etgan Ellerdays.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar