So’nggi yangiliklar

00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  0 00:10Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" (матнли трансляция)  30 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  1 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8

Eldorbek Suyunov: “Grigalashvilidan xavf kutgan edim, ammo...” Yangiliklar

Eldorbek Suyunov: “Grigalashvilidan xavf kutgan edim, ammo...”

Oradan etti yil o'tib O'zbekiston kubogi finalida zafar quchgan “Paxtakor” Superliganing navbatdagi tur uchrashuviga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Biz esa navbatdagi mashg'ulotlar boshlanishidan oldin darvozabon Eldorbek Suyunov bilan suhbatlashib, kubok finali borasidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- “Paxtakor” uchun g'alaba bilan tugagan final o'yini nisbatan oson o'tdi desak bo'ladimi? CHunki jamoa shu kuni barcha jabhada raqibdan ustun keldi...

- Hech narsa osonlikcha qo'lga kiritilmaydi. Butun o'yin davomida ustunlik biz tomonda bo'ldi. Bu albatta hisobda ham aks etdi. Maqsadimiz trebl qayd etish, Liga kubogi finalida ham huddi bugungidek kayfiyat bilan to'p tepamiz. Bu mavsumdagi so'nggi sovrinni o'zimizniki qilish uchun bir qadam qoldi.

- O'tgan yilgi finalda nima o'xshamagan edi-yu, bu yil jamoaga nima qo'shimcha kuch va motivaciya berdi?

- Bizda revansh olish ishtiyoqi kuchli edi. AGMK biz bilan ishtirok etgan ikkita finalda turli va o'zgargan tarkibda maydonga tushdi. Ular bilan solishtirganda bizda xohish kuchli bo'ldi. Bizdagi revansh tuyg'usi ularda bo'lmasligini taxmin qilgandim. SHu bois bor kuchimizni ishga soldik. G'alabada 12 o'yinchi bo'lmish, ishqibozlarimizning o'rni beqiyos.



- “Paxtakor”ga qarshi aksariyat jamoalar himoyaviy o'yin taklif qiladi. Odatda bunday sharoitda darvozabonlarga yumush topilmaydi...

- Menimcha bu kiper uchun yaxshi emas. CHunki, o'yin ritmidan chiqib ketishi mumkin. Qancha ko'p to'p bilan muomalada bo'lsa, kutilmagan vaziyatlardan chiqib keta oladi.

- SHaxsan siz AGMKning qaysi futbolchisidan xavf kutgan edingiz? Raqib safida ijrochilar etarlicha va ular har qanday holatda sizga noqulaylik tug'dirishi mumkin edi...

- Elguja Grigalashvilidan noodatiy qaror yoki uzoqdan yo'llanadigan zarbalarni kutgandim. Ammo, himoyachilarimiz unga erkin harakatlanishiga yo'l qo'yishmadi.

- Bosh hakam final hushtagi yangragach, raqib tomonga asabiy ohangda baqirdingiz...

- Hech qanday izohga hojat yo'q. AGMK matbuot kotibi do'stim hisoblanadi. U bilan tez-tez, qattiq hazillashib turamiz.


Abdulaziz suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика