Eldorbek Suyunov: "Eng xavfli raqib - KXDR"
26 mar 2014 14:29
Yangiliklar
Eldorbek Suyunov: "Eng xavfli raqib - KXDR"
O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni Eldorbek Suyunov bugungi quradan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekistonning guruhiga Saudiya Arabistoni, Xitoy va KXDR terma jamoalari tushishdi.
"Guruhimiz juda qiziqarli tus oldi. Teng kuchli raqiblar. Osiyo chempionatida o'tkinchi o'yinlar bo'lmaydi. Ushbu uchala jamoa ham hozirda kuchli jamoalar sirasiga kiradi. Umuman olganda, Osiyoda hamma futbol o'ynashni o'rganib olgan. O'ylashimcha, guruhdagi eng xavfli raqib bu- KXDR. Guruhimizda yaxshi jamoalar tushishdi. O'yinlar shiddatli kechishi aniq. O'ylaymanki, bu musoboqada muxlislarimizni xursand eta olamiz", - deydi Eldor Suyunov.
SHaxboz Beg'amov.

Fikrlar