Eldorbek Suyunov bu mavsum ilk bor rasmiy o'yinda maydonga tushdi
23 iyu 2021 20:29
Yangiliklar
Eldorbek Suyunov bu mavsum ilk bor rasmiy o'yinda maydonga tushdi
Superliga doirasida "Paxtakor" hamda "Andijon" jamoalari o'rtasida o'yin o'tkazilmoqda.
Ushbu o'yinni "Paxtakor" darvozaboni Eldorbek Suyunov asosiy tarkibda boshladi.
Etiborlisi, Suyunov ushbu mavsumda ilk marotaba rasmiy o'yinda maydonga tushdi. U jarohat sabab bir muddat maydonda harakat qila olmagandi.
Yana bir qiziq fakt, "Nasaf" safida faoliyat olib borayotgan uning tug'ishgan ukasi SHahzodbek Suyunov bugun ilk bor Superliga o'yini uchun qaydnomaga kiritildi.
Fikrlar