So’nggi yangiliklar

14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  3 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  0 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  2 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  11 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  1 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  5 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5

Eldor Suyunov: "Katanec jiddiy murabbiy, u avvalgi xatolarni takrorlamaydi deb o'ylayman" Yangiliklar

Eldor Suyunov: "Katanec jiddiy murabbiy, u avvalgi xatolarni takrorlamaydi deb o'ylayman"

Teglar :  Eldor Suyunov
O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni Eldor Suyunov yangi murabbiy Srechko Katanec qo'l ostidagi ilk mashg'ulotidan olgan taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

— Katanec bilan soat 12 dan keyin majlis bo'ldi. Unda faqat futbolchilar va murabbiylar shtabi ishtirok etdi. Katanec rasman tanishtirildi hamda murabbiy bizdan nimalar kutayotganini, futbolchilar amalga oshirishi kerak bo'lgan majburiyatlarni aytib o'tdi.

Oldingi murabbiy davrida bazi futbolchilar chetda qolib ketdi va Vadim Abramov haqida futboldan tashqari gap-so'zlar chiqib ketdi, tanqid qilindi. Siz ham jarohat olganingizdan so'ng malum muddat terma jamoaga chaqirilmadingiz, Saudiyaga ham olib ketishmadi. Terma jamoaga jalb qilinmasligingizning sababi nimada?

— Menimcha, jarohat. SHuningdek, menda o'yin amaliyoti ham etarli emasdi. SHu bois termaga jalb qilinishim noto'g'ri ish bo'lardi.

Katanec bunday xatolarga yo'l qo'ymaydimi, har holda u xorijlik murabbiy...

— Katanec bilan hali birinchi kun bo'lishimiz. Ilk taassurotlar yaxshi. U jiddiy murabbiy va o'ylashimcha, bunday narsalarga yo'l qo'ymaydi.

Biroq hali u bilan maydondagi harakatlar to'g'risida suhbatlashmadik, faqatgina ichki tartib qoidalari haqida murabbiyning fikrlarini tingladik.

Murabbiy qanday qatiy talablar qo'ydi?

— Qatiy talablar deyilganda, jamoaviy yig'inlarda telefon bilan kelish mumkin emas. SHuningdek, mehmonxonada tunash kerakligi aytildi. Bu barcha xorijlik murabbiylarga xos odat, chunki Kuperda ham shunday talab bor edi. 

Jamoaga kim etakchi va sardor bo'la oladi deb o'ylaysiz?

— Jamoa sardori Otabek SHukurov bo'lgani yaxshi, chunki u markazda to'p suradi. Markaziy futbolchi sardor bo'lishining afzalligi hakamlar bilan muloqot qiladi, maydon markazida liderligini namoyish etadi hamda bu vazifa yuklatilgach, u ikki hissa masuliyat bilan o'ynaydi. SHu bois, mening fikricha, Otabek SHukurovni sardorlikka munosib.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика