Eldor Suyunov Kanada bilan o'yinda ishtirok eta olmasligi mumkin
30 may 2016 15:09
Yangiliklar
Eldor Suyunov Kanada bilan o'yinda ishtirok eta olmasligi mumkin
Bunga sabab, "Nasaf" darvozabonining hujjati bilan bog'liq muammosi.
Terma jamoamiz 2 iyun kuni Ekvatorial Gvineya, oradan 5 kun o'tib Avstriyada (7 iyun) Kanada milliy terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuvga uch nafar posbon, Aleksandr Lobanov, Ignatiy Nesterov va Eldor Suyunov jalb etilganlar.
Agar qisqa fursat ichida Suyunovning pasporti bilan bog'liq muammo bartaraf etilsa, posbon Avstriyaga borish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Fikrlar