So’nggi yangiliklar

20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  1 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  4 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  4 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  5 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  12 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  20 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  43 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  8 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0

Eldor Suyunov: "Futbol kutilmagan natijalari bilan qiziq" Yangiliklar

Eldor Suyunov: "Futbol kutilmagan natijalari bilan qiziq"

Coca Cola Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - AGMK (2:2) uchrashuvidan keyin "Paxtakor" jamoasi darvozaboni Eldor Suyunov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yindan oldin qaysidir jamoani favorit hisoblanishi normal holat. Lekin, futbol shunaqa kutilmagan natijalari bilan qiziq. Bahsga keladigan bo'lsak, biz o'z o'yinimizni ko'rsata olmadik. Bunga albatta AGMK jamoasining bizga ko'rsatgan munosib qarshiligi sabab bo'ldi.

Ha, nima uchundir ikkinchi bo'limdagi hujumkor o'yinni birinchi bo'limda raqibga o'tkaza olmadik. Lekin, biz yuqori marralarni zabt etishni istasak o'yinni bu qadar bo'sh boshlamaslgimiz kerak. Murabbiylarimiz mazkur bellashuvni tahlil qilib xato va kamchiliklarimizni ko'rsatishadi. Biz esa maqsadimiz yo'lida dadil qadam tashlashda davom etishimiz lozim. CHunki, muxlislar bizdan ichki chempionatda va xalqaro maydonda yaxshi natijalarni kutishmoqda. Ularni ishonchini so'ndirmasligimiz kerak.

AGMK jamoasidan qanday o'zgarishlarni sezdim? Raqib safidagi o'zgarishlarni turnir jadvali ko'rsatib turibdi",- deydi Eldor Suyunov.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика