So’nggi yangiliklar

13:25Куртуа "Ал Ҳилол" билан дуранг бўйича тушунтириш берди  0 12:58"Хоразм" – "Навбаҳор" ўйини қаерда ўтади?  1 12:36Роналдунинг собиқ термадоши "Ал Насср" бош мураббийи бўлиши мумкин  1 12:09Самарқанд футболида қайта уйғониш даври: Абрамов қурган “Динамо” ҳақида  5 11:53Абдуқодир Ҳусанов – Осиёнинг энг қиммат футболчиларидан бири!  15 11:25АПЛ. Янги мавсум илк турининг марказий учрашуви Манчестерда бўлиб ўтади  4 11:21Бугун Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Боливия билан ўйнайди  6 10:39“Реал“ етакчиси билан шартномани узайтириш бўйича келишувга эришди  0 10:08“Ал Ҳилол“ “Милан“ футболчиси билан келишувга эришди  3 09:37Алонсо “Реал“даги дебютидан сўнг нималар деди?  21 09:05ЦСКАда мураббийлар алмашинуви. Энди Файзуллаевнинг ЦСКАдаги фаолияти қандай кечади?  8 08:35Пеп Гвардиола: “Бундай шароит ҳеч кимга тўғри келмайди“  2 08:03Шомуродов Туркиянинг қайси жамоаси билан музокара олиб боргани маълум  20 07:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Ювентус" "Ал Айн"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  3 07:33Суперлига. Бугун 13-турга старт берилади  1

"Eldor SHomurodovning ortidan ko'plab o'zbekistonlik futbolchilar Evropa klublari nazariga tushmoqda". Estoniyada to'p tepayotgan Abubakr Mo'ydinov bilan intervyu Yangiliklar

"Eldor SHomurodovning ortidan ko'plab o'zbekistonlik futbolchilar Evropa klublari nazariga tushmoqda". Estoniyada to'p tepayotgan Abubakr Mo'ydinov bilan intervyu

Evropa mamlakatlarida o'ynayotgan o'zbekistonlik futbolchilarni izlashda davom etamiz.

O'tgan oyda Gruziya va Litva chempionatida to'p tepayotgan hamyurtlarimiz bilan suhbatlarni etiboringizga havola qilgan edik. Biz bu bilan to'xtab qolganimiz yo'q. Endigi navbat yaqinda Estoniyaning "Vilyandi Tulevik" klubi azosiga aylangan Abubakr Mo'ydinovga. Evropa klublarida o'zbekistonlik futbolchilarning soni ortayotgani quvonarli, albatta. Ayniqsa, so'nggi yillarda Polsha, Ukraina, Belarus, Litva, Italiya klublarida o'zbekistonlik futbolchilarni uchratish hammamiz uchun yoqimlidir. Yaqinda Abubakr Mo'ydinovni suhbatga chorlash asnosida o'zimizni qiziqtirgan savollarga ham javob oldik.

Malumot o'rnida takidlash joiz, suhbatdoshimiz "Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2019 yilning sentyabrida BAAning "Al Nasr" jamoasiga yo'l olgan futbolchi malum sabablarga ko'ra to'p tepa olmagan. SHundan so'ng 2020 yilning yanvar oyida Portugaliya yoshlar ligasi vakili hisoblangan "Leixoes" jamoasiga o'tdi. Abubakr Mo'ydinov 2016 yil Hindistonning Goa shtati mezbonlik qilgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etgan, o'shanda jamoga Temur Olimxo'jaev ustozlik qilgan edi. 

- Abubakr siz bilan so'nggi marotaba "Al Nasr"ga o'tganingizda suhbatlashgan edik. SHundan so'ng orada malum vaqt Portugaliyada ham bo'ldingiz. Mana shu ikki klubdagi faoliyatingiz qanday o'tgani nafaqat bizga, balki muxlislarga ham qiziq...

- Dubayda hujjatlar va qog'ozlar bilan bog'liq muammolar yuzaga kelgani sababli o'ynay olmadim. U erda faqat mashg'ulotlar bilan cheklandim, xolos. Portugaliya klubi bilan esa yanvar oyida shartnoma imzoladim. Jamoa safida bir nechta o'yinlarda maydonga tushdim. Fevral oyida esa butun dunyoda futbol uchrashuvlari to'xtatildi. SHu bilan mashg'ulotlarga avgust oyida qaytdik. Bu pallaga kelib, klubda ko'p narsalar o'zgarib ketgandi. Jamoani aksariyat futbolchilar tark etishdi. Eski futbolchilardan 5 nafari qolgandi. Yil yakunida barchamiz o'zimizga boshqa jamoalar topishga qaror qildik. 

- Avvallari futbol jamoatchiligi orasida o'zbekistonlik futbolchilar Evropaga ketishga qiynalyapti, degan fikr yurar edi. Lekin oxirgi mavsumlarda ko'ryapmizki, Evropaning qator chempionatlarida ham biznikilarning safi kengayib bormoqda. Buning sababi futbolimiz o'zgarganidami yoki agentlarning ko'payganida?

- Menimcha, bu jarayonlarda agentlarning qo'li bor, deb o'ylayman. Agent bo'lmasa, hech kim hech qaysi jamoaga bora olmaydi. SHuningdek, bunda Eldor SHomurodovning ham hissasi bor. U Italiyada o'zining yaxshi o'yinlari bilan ko'pchilikni o'z ortidan ergashtira oldi. Natijada o'zbekistonlik futbolchilar Evropa klublarining nazariga tushmoqda.

(Abubakr Mo'ydinov 17- raqamda)

- O'z vaqtida xalqaro maydonda o'zini ko'rsatgan yosh futbolchilarimizga ko'plab kuchli klublardan takliflar kelib tushgan. Lekin aksariyat hollarda klublar qo'yib yuborishmas yoki ko'rikdan o'tkazib ortga qaytarardi. Bugungi kunda esa vaziyat ancha o'zgargan. Bu borada fikringiz qanday? 

- CHunki bizda futbolchilarga katta narx qo'yishadi. Portugaliyada ko'rsangiz, ko'plab braziliyalik futbolchilar tekinga kelishadi. Boisi ular kelajakda terma jamoaga yordam bera olishlarini bilishadi. Portugaliyaning "Evropa Braziliyasi" deyilishi bejizga emas.

- Estoniyaning "Vilyandi Tulevik" klubiga o'tishingiz qanday bo'ldi? Ushbu mamlakat futboli haqida nimalarni bilar edingiz va borganingizdan so'ng qanday taassurotlar uyg'ondi?

- Agentlarim Estoniya, Avstriya, Malta kabi chempionatlardan takliflar borligini aytishdi. Men esa yakunda Estoniya variantini tanladim. "Vilyandi Tulevik"da Portugaliyada birga o'ynagan do'stim bor. O'shandan klub haqida so'rab malumotlarga ega bo'lgandim. Taqdir ekan, yana birga to'p tepmoqdamiz.

- Jamoadagi mashg'ulotlar jarayoni, futbolga munosabat, muhit Evropa darajasidami?

- Gap bo'lishi mumkin emas. To'g'risi, hammasi alo darajada.

- Bo'lg'usidagi rejalaringizdan O'zbekiston chempionatida to'p tepish o'rin olganmi? 

- Rostini aytganda, rejamda O'zbekistonda o'ynash niyat yo'q. Faoliyatimni xorijda yakunlashni maqsad qilganman.

- Gohida klublarda rahbarlar yoki skautlar futbolchini olib kelishadi. Lekin u murabbiyga maqul kelmaydi. Natijada futbolchi zaxirada o'tiradi yoki ijaraga boshqa jamoaga beriladi. SHu bois bosh murabbiy bilan kelajagingiz haqida suhbatlashdingizmi? U sizdan nimani istamoqda va talab qilmoqda?

- Portugaliya klubidan kelgan ilk kunimning ertasiyoq jamoa bosh murabbiyi chaqirdi. Uning o'zi meni jamoaga taklif qilganini, o'yin uslubiga to'g'ri kelishimni aytdi. Haqiqatan ham ko'p narsa murabbiyga bog'liq. 

"Vilyandi Tulevik"da sizni qanday qabul qilishdi?

- Jamoada tanish do'stlarim ko'p. SHuning uchun moslashish qiyin bo'lmadi. Mashg'ulot jarayonida tizzamdan jarohat oldim. Uning orasida koronavirus bilan kasallandim. Mana endi-endi mashg'ulotlarga qo'shildim. Sport formamga kirib olishim uchun harakatdaman.

- Legionerga aylanganingizdan so'ng o'zingizda qanday o'zgarishlarni sezdingiz?

- Masalan, Portugaliyada ko'p narsani o'rgandim, deya olaman. Futbolga bo'lgan qarashim, munosabatim o'zgardi. U erda faqat natija talab qilishadi. Jamoa yoshmi yoki kattami, natija bo'lmasa, almashtirishlarini o'z ko'zim bilan ko'rdim. Futbolda muhimi natija ekan.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика