So’nggi yangiliklar

22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  2 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  57 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  65 20:16Тер Штеген "Барселона"да қолмоқчи  0 19:58Бобир Абдихолиқов "Келажак бунёдкори" медали билан мукофотланди  7 19:35"Милан" "Торино" футболчисини сотиб олади  1 18:51Клопп клублар ўртасидаги ЖЧ форматини жиддий танқид қилди  6 18:32Хаби Алонсо "Ювентус"га қарши ўйин ҳақида: "Уларнинг "Манчестер Сити"га қарши ўйини ҳеч нимани англатмайди"  3 17:45"Милан" 3 футболчини сотиб олмади ва жамоасига қайтариб юборди  0 17:20"Штутгарт" футболчисини 100 млн еврога баҳоламоқда, "Бавария" эса 50 миллионга  0 16:51"Пахтакор" Қаршида сўнгги дақиқаларда иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  4 16:23"Барселона" Месси, Коутиньо, Куман олдидаги қарзларини ёпди  14 15:52"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди  18

Eldor SHomurodov Surxondaryoda master-klass o'tkazdi Yangiliklar

Eldor SHomurodov Surxondaryoda master-klass o'tkazdi

Teglar :  Eldor SHomurodov
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlar orasida ijtimoiy, manaviy-marifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surilgan edi.

SHulardan ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan bo'lib, bu borada yurtimiz bo'ylab Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

Bugun, 3 yanvar kuni Surxondaryo viloyatining Angor tumanida ham yosh sportchi – o'quvchilar bilan jahon arenalarida yurtimiz dovrug'ini dunyoga taratayotgan mashhur futbolchimiz Eldor SHomurodov o'rtasida davra suhbati tashkil etildi.


Tadbirda O'zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning “Rostov” klubi azosi Eldor SHomurodov yosh sportchilarga o'zining muvoffaqiyatlari siri va bugungacha bosib o'tgan yo'li haqida so'zlab berdi. Suhbat yakunida u yosh futbolchilarga master-klass o'tab berdi.

Tadbirda shuningdek, tuman Jismoniy tarbiya va sport bo'limi mutasaddilari va tuman prokurori ham ishtirok etishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar yurtimizda ommaviy sportni yanada rivojlantirish va o'sib kelayotgan yosh-avlodlar ichidan yangidan-yangi chempionlarni etishtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Eldor SHomurodov yakunlangan yilda O'zbekistonda “Yilning eng yaxshi futbolchisi” va “Xalqaro maydonlarda o'zbek sportini targ'ib qilgani uchun” mukofotlarini qo'lga kiritgan edi.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика