Eldor SHomurodov "Rostov" bilan yangi shartnomaga imzo chekdi
22 jan 2020 19:00
Yangiliklar
Eldor SHomurodov "Rostov" bilan yangi shartnomaga imzo chekdi
O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov "Rostov" bilan yangi bitim tuzdi.
Bu haqda "Rostov" klubining matbuot xizmati elon qildi.
SHomurodov o'z klubi bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Yangi kelishuv BAAdagi yig'inda imzolandi va unda klub prezidenti Artashes Arutyunyanc ishtirok etdi.
SHu bilan birga "Rostov"ning yana ikki futbolchisi Matias Normann va Danil Glebovlar ham 5 yillik shartnoma tuzishdi.
Eldor SHomurodov joriy mavsum Rossiya Premer-ligasining 19ta uchrashuvida maydonga tushib, 10ta gol urdi va 4ta golli pas berdi.
Fikrlar