Eldor SHomurodov: "Olimpiadaga chaqirishsa, boraman. SHartnomamga ko'ra "Roma"ga qaytdim"
03 iyu 2024 19:31
Yangiliklar
Eldor SHomurodov: "Olimpiadaga chaqirishsa, boraman. SHartnomamga ko'ra "Roma"ga qaytdim"
Terma jamoamizning bugungi mashg'ulotlarida hujumchimiz Eldor SHomurodov jurnalistlar savollariga javob berdi.
- O'zbekiston milliy terma jamoasi bugundan boshlab navbatdagi yig'inlarga kirishdi. Oldindagi uchrashuvlar haqidagi fikringiz.....
- Yig'inni boshladik. Barchaning kayfiyati alo darajada. Ko'pchilik futbolchilar o'z klublaridagi mavsumni yakunlab olishdi. Tatilga chiqishdan avval so'ngi ikkita uchrashuvimiz bizni kutib turibdi. Muddatdan avval keyingi bosqichiga chiqib olganimizga qaramay, biz guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz. Ikki uchrashuvda ijobiy natija qayd etish uchun borimizni beramiz.
- Evropada futbol mavsumi yakunlandi. Eldor SHomurodov yangi mavsumda qaysi klubda to'p tepadi?
- SHartnomamga ko'ra "Roma" jamoasiga qaytdim. Hali hech narsa aniq emas va keyingi rejalar haqida hech nima deya olmayman.
- Olimpiadaga borasizmi?
- CHaqirishsa, boraman (kuladi).
- Demak, Olimpiada o'yinlarida ishtirok etish istagingiz bor...
- Klubimdan javob olishim kerak. "Roma" roziliik berishi kerak. Men uchun vatan shanini himoya qilish har doim sharaf.
- Bo'lajak raqiblarimiz Turkmaniston va Eron haqida gapirib o'tsangiz... Turkmaniston terma jamoasi deyarli ikki haftadan beri Antaliyada o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazmoqda. Eron esa qanday jamoa ekanligini juda yaxshi bilamiz...
- Turkmanistonga ochko kerak. Ular bor kuchini ishga soladi. O'z o'yimizda g'alaba qozonishimiz shart. Eronga qarshi o'ziga hos derbi bo'ladi va ushbu o'yin guruh g'olibini aniqlab beradi.
- Eronga qarshi kechgan Toshkentdagi so'ngi uchrashuvni juda yaxshi eslaymiz. Qiziqarli kechgan uchrashuvda durang qayd etilgandi. O'sha uchrashuvda muxlislarimiz stadionni to'ldirishgan va o'z uyimizdagi devorlar bizga yaxshigina yordam bergan edi. Tehrondagi "Ozodiy" stadionining bosimi bizga qanchalik tasir qilishi mumkin?
- "Ozodiy" stadionida bir marotaba o'ynaganman, ammo hozirgi kunda barchasi o'zgargan. Eng muhimi, ijobiy natija qayd etish. Qolgan faktorlarga etibor bermaymiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar