So’nggi yangiliklar

13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  3 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  2 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  7 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  44 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  21 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  11

Eldor SHomurodov "Monca"ga o'tadimi? Saytimiz xodimi Eldor Akmurzaev vaziyatga oydinlik kiritdi, Evdokim Raimov esa shaharni tanishtirdi Yangiliklar

Eldor SHomurodov "Monca"ga o'tadimi? Saytimiz xodimi Eldor Akmurzaev vaziyatga oydinlik kiritdi, Evdokim Raimov esa shaharni tanishtirdi

SHu kunlarda hamyurtimiz Eldor SHomurodovning "Roma"da qolish-qolmasligi asosiy mavzu bo'lib turibdi.

O'zbekistonlik eng sermahsul hujumchilardan biri Eldor SHomurodov afsuski, o'z vaqtini "Roma" zaxirasida o'tkazyapti. Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino allaqachon Eldordan umidini uzgandek ko'rinmoqda.

Negaki "Roma" yozgi transferda "Yuve"dan Dibalani, so'ngra "Torino"dan jamoa etakchisi Andrea Belottini qo'shib oldi. Bu esa SHomurodovning asosiy tarkibda o'ynash imkoniyatlarini yanada pasaytirib yubordi.

Evropada transfer oynasi yopilishiga kam vaqt qolayotgan bir paytda uning A seriya boshqa klubiga o'tishi haqidagi gaplar yana bolaladi. Nafaqat Italiya, balki Angliya va Turkiyadan ham Eldorga takliflar borligi aytilmoqda. Ayrim tik-toker va vaynerlar esa Eldorni allaqachon boshqa jamoa bilan shartnoma tuzganini olamga jar solib bo'lishdi. 

Nikola Skira degan taniqli insayder malumotiga ko'ra, bu yil A seriyaga chiqqan "Monca" Eldor SHomurodovni keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi ekan. Qizig'i shundaki, avgust oyi boshida saytimiz xodimi Eldor Akmurzaev ham "Monca" SHomurodov uchun ideal variant ekanini o'z maqolasida yozgandi.


"Monca" 1912 yilda tashkil topgan bo'lib, Italiya Kubogida 1/4 finalga qadar etib borganini hisobga olmasak, boshqa natijalari bilan aytarli yodda qolmagan, buning ustiga ko'pincha quyi ligalarda o'ynab yurardi. 

Lekin 2018 yilga kelib hammasi o'zgardi. "Monca" xo'jayini etib bungacha "Milan"ni 30 yil davomida boshqargan Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni tayinlandi. Berluskoni taxtni qo'lga olgach, atrofiga o'zi anchadan beri bilgan tanishlarini to'play boshladi: Adriano Galliani, Roberto Macco, Danilo Pellegrino va hokazo.

Klub prezidenti etib Nikola Kolombo tayinlandi, jamoa bosh murabbiyligi esa o'z vaqtida "Milan" bilan ettita sovrin yutgan Jovanni Stroppga topshirildi. O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, "Monca" A seriya yo'llanmasini hal qilganida klub xo'jayini Silvio Berluskoni shunday degandi: 

- "Biz aslida o'tgan yil A seriyaga chiqishni niyat qilgandiq, biroq rejalar biroz o'zgarib ketdi. Bu mavsum esa bor kuchimiz bilan harakat qilib, bunga erishdik. A seriyaga chiqish oson bo'lmadi. 1912 yil tashkil topgan klubning oradan 110 yil o'tib A seriyaga chiqishi moncaliklar uchun katta tarixiy voqea. Ammo bu bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz. Biz Skudettoni qo'lga kiritish va Evropa chempionlar ligasiga yo'l olishni o'ylayapmiz. Keyin esa ECHLni yutmoqchimiz. Men doim g'alaba qozonishga o'rganib qolganman, buni "Milan"da ham isbotlaganman. Endi "Monca" bilan shuni takrorlashni istayman. O'tgan yil men uchun unutilmas ikkita voqea ro'y berdi: bir - "Milan" Italiya chempioni bo'ldi, ikki - "Monca" A seriyaga yo'llanma oldi.


Eldor Akmurzaev malumotidan: Silvio Berluskoni "Monca"ni taxminan 2,5-3 million evroga sotib olgan. O'shanda jamoa S seriyada o'ynardi. Aynan Berluskoni say-harakati tufayli 18 ming muxlisga mo'ljallangan Stadio Brianteo stadioni qayta tamirlanib, kirish chiptalari narxi ancha pasaytirildi. Berluskoni sekin-asta nomdor futbolchilarni tarkibga jalb qila boshladi. Masalan, Kevin-Prins Boateng, Mario Balotelli, Andrea Ranokkiya shular jumlasidan. Yana bir malumot shuki, hozir Berluskoni 84 yoshda, Galliani esa 76.

SHomurodov "Monca"ga o'tishi kerakmi? Albatta, YO'Qdan ko'ra HA! To'g'risini aytganda, Eldor "Roma" safida yorqin o'yin namoyish eta olmadi, lekin "Jenoa"da u porlagandi. Bu o'rinda jamoalardagi futbolchilar orasidagi raqobat ham muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, "Monca"ning hujum chizig'ida muammolar bor va agar SHomurodov bu jamoaga o'tsa, ham o'zi - ham klub uchun yaxshi bo'ladi, - deydi Championat.asia muxbiri Eldor Akmurzaev. 

Yana bir gap. Hozir "Monca"ning A seriyadagi ishlari yaxshi emas. Jamoa to'rt o'yinda to'rtta mag'lubiyat bilan oxirgi o'rinda boryapti. Qolaversa raqiblar darvozasiga faqat ikkita gol urdi. "Monca"ning hujum chizig'ida Andre Petanya, portugal Dani Mota va daniyalik Gyutkyaer bor, lekin bu nomlar Eldor uchun vahimali bo'lmasligi kerak. SHomurodov bu hujumchilar bilan bemalol raqobatlasha oladi.


Saytimizning hech kim bilmaydigan, lekin hammaga qiziq ko'rinayotgan Mister Iksning qiyofadoshi Evdokim Raimov esa Moncani tanishtirib o'tdi: Monca Lambro daryosi bo'yidagi Lombardiya viloyatida joylashgan shahar bo'lib, viloyatning eng yirik 5ta shahridan biri hisoblanadi. SHahar hududi 31,03 kv.km bo'lib, 120 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Monca - turistik shahar, bu erga tashrif buyuruvchilar birinchi navbatda Qirollik villasini ko'rishga oshiqadilar. Qolaversa, shaharda Formula-1 poygalari o'tkaziladigan eng katta avtodrom bor.


Xulosa: Eldor SHomurodov iloji boricha tezroq muhitni o'zgartirishi kerak. CHunki hozirgi "Roma"da o'ynab ketish Eldor uchun juda murakkab. SHomurodov zaxirada o'tiradigan futbolchi emas! U terma jamoamiz sardori, shunday ekan o'z o'yini va gollari bilan boshqalarga o'rnak bo'lishi shart. Eldor qancha ko'p maydonga tushib gollar ursa, bundan o'zi ham, O'zbekiston milliy jamoasi ham yutadi. 

Eldor Akmurzaev, Evdokim Raimov.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика