Eldor SHomurodov “Lahviya” – “Bunyodkor” uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi
05 may 2016 07:57
Yangiliklar
Eldor SHomurodov “Lahviya” – “Bunyodkor” uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi
“Bunyodkor” hujumchisi Eldor SHomurodov “Lahviya” – “Bunyodkor” uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Osiyo CHempionlar ligasi reglamentiga muvofiq, bahs yakunida uchrashuv komissari eng yaxshi futbolchini aniqlaydi. “Lahviya” – “Bunyodkor” uchrashuvida komissar bo'lib ishlagan xitoylik Lui Jin Song eng yaxshi deb Eldor SHomurodovni topdi.
Qayd etish kerakki, SHomurodov bu nomga joriy mavsumda ikkinchi bor loyiq ko'rilmoqda. Esingizda bo'lsa, pley-off bosqichi doirasidagi “Bunyodkor” – “Al-SHabab” (BAA) bahsida komissar bo'lib ishlagan eronlik Muhammadrizo Kasrai ham Eldorni eng yaxshi futbolchi deb etirof etgandi.
Fikrlar