

Osiyo Chempionlar ligasi reglamentiga muvofiq, bahs yakunida uchrashuv komissari eng yaxshi futbolchini aniqlaydi. “Lahviya” – “Bunyodkor” uchrashuvida komissar bo'lib ishlagan xitoylik Lui Jin Song eng yaxshi deb Eldor Shomurodovni topdi.
Qayd etish kerakki, Shomurodov bu nomga joriy mavsumda ikkinchi bor loyiq ko'rilmoqda. Esingizda bo'lsa, pley-off bosqichi doirasidagi “Bunyodkor” – “Al-Shabab” (BAA) bahsida komissar bo'lib ishlagan eronlik Muhammadrizo Kasrai ham Eldorni eng yaxshi futbolchi deb etirof etgandi.



