So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  4 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Eldor SHomurodov: "Hamma vaziyatni tushunib turibdi - terma jamoa uchun harakat qilamiz" Yangiliklar

Eldor SHomurodov: "Hamma vaziyatni tushunib turibdi - terma jamoa uchun harakat qilamiz"

O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor SHomurodov bugungi mashg'ulotdan avval intervyu berdi.

Eldor, g'alaba bilan tabriklaymiz. Gonkongdagi o'yin haqida qisqacha fikrlaringiz
"Oson bo'lmasligini bilardik. Muhim 3 ochko edi. Ular ham harakat qildi, maydonni ham alishtirishdi, ochko uchun umuman qo'lidan kelganini qilib ko'rdi. Uchrashuvdan avval bolalar bilan gaplashdik. Jiddiy munosabatda bo'lmasak, qiyin bo'lishi aniq edi. Lekin termaning har bir azosi o'yinga juda yaxshi munosabatda bo'ldi. O'ylashimcha, o'yinni to'liq nazorat qildik va qator vaziyatlar yaratib, nisbatan oson g'alabani qo'lga kiritdik.

Terma jamoaga qaytdingiz va darhol gol urdingiz. Jarohatdan keyingi holatingiz va termadagi muhit haqida gapirib o'tsangiz...
Jamoadagi ichki muhit — ajoyib. Jamoaning asosiy qismi uch yildan beri birgamiz. Qiyin vaqtlar bo'ldi, ammo hozir hammasi yaxshi. Ajoyib jamoa yig'ilgan. Hozir o'zimni yaxshi his qilyapman. Hech qanday muammo yo'q.


Biroz avval Katanec Sloveniyaga uchib ketgani haqida xabar chiqdi. Futbolchilar murabbiy uchun ham harakat qiladimi?
Albatta, qiyinchiliklar bo'lib turadi. Bu vaziyatda murabbiyning sog'lig'i birinchi o'rinda deb hisoblaymiz. Hamma vaziyatni tushunib turibdi. Murabbiyning yo'qligini bildirmaslikka qo'ldan kelgancha harakat qilamiz.

Italiyadan to'g'ri Xitoyga yo'l oldingizmi yoki O'zbekistonga orqali uchdingizmi? Keyin qisqa vaqt ichida yana O'zbekistonga qaytish... Yo'l charchatib qo'ymaydimi?
Italiyadan to'g'ridan-to'g'ri reys orqali Xitoyga uchdim. Yo'l qiyinchiligi bo'ladi, albatta. Ammo bu ishimizning bir qismi. Terma jamoa uchun harakat qilamiz. SHaroitlar yaratilgan, hammasi joyida. Tiklanib olish uchun ozroq vaqtimiz bor. Bu borada qiyinchiliklar muammo emas.



Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика